قَالَ رَبِّ إِنِّى وَهَنَ ٱلْعَظْمُ مِنِّى وَٱشْتَعَلَ ٱلرَّأْسُ شَيْبًا وَلَمْ أَكُنۢ بِدُعَآئِكَ رَبِّ شَقِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, mening suyaklarim mo`rtlashdi, boshga oq tutashdi, ey Robbim, senga duo qilish-la badbaxt bo`lmaganman.У: «Эй Роббим, менинг суякларим мўртлашди, бошга оқ туташди, эй Роббим, сенга дуо қилиш-ла бадбахт бўлмаганман.Alauddin Mansour: (Zakariyo) degan edi: «Parvardigorim, darhaqiqat, mening suyaklarim moʻrtlashdi, keksalikdan boshim — sochim oqardi. Parvardigorim, men senga duo qilib (hech qachon) noumid boʻlgan emasman.(Закариё) деган эди: «Парвардигорим, дарҳақиқат, менинг суякларим мўртлашди, кексаликдан бошим — сочим оқарди. Парвардигорим, мен сенга дуо қилиб (ҳеч қачон) ноумид бўлган эмасман.
Zakariyo alayhissalom muddaolarini bayon etmaslaridan burun, ahvolotlari sababini zikr etib, dardlarini toʻkib soldilar. «Ey Robbim, mening suyaklarim moʻrtlashdi.» Suyagi moʻrtlashgan odam qarib, butun vujudi zaif boʻlib qoladi. «...boshga oq tutashdi...» Boshimdagi sochlarga oq taraldi. Bu ham keksalikning alomati. «...ey Robbim, senga duo qilish-la badbaxt boʻlmaganman.» Qachonki senga duo qildim, saodatmand boʻldim. Duolarimni doimo qabul aylab, meni umidda qatʼiy qilib qoʻygansan. «Va, albatta, men ortimdagi qarindoshlardan qoʻrqdim.» Qarib-qartayib, oʻlim yaqinlashganda, ortimda qolayotgan merosxoʻr qarindoshlarim mendan qolajak merosga munosib emasliklaridan tahlikadaman. «Ayolim tugʻmas edi.» Loyiq merosxoʻr boʻladigan farzandim ham yoʻq. Ortimda qoladigan meros zoye boʻlmasin. «...menga Oʻz dargohingdan bir valiy – ortdan qolguvchi ato et.» Robbim, menga farzand ato ayla! «U menga va Yaʼqub oilasiga merosxoʻr boʻlsin.» Yaʼni, menga va Yaʼqub alayhissalom avlodlariga merosxoʻr boʻlsin. Bu oʻrinda merosxoʻrlikdan murod paygʻambarlik va ilmdir. Zero, Paygʻambarlar molu dunyo meros qoldirmaydilar. «...Ey Robbim, uni Oʻzing rozi boʻladigan qil», dedi.» Eng muhimi, oʻsha farzand seni rozi qiladigan banda boʻlsin. Bu duo Allohdan farzand talab qilishning bashariyatga taqdim etilayotgan yuksak namunasidir. Alloh taolo Zakariyo alayhissalomning bu maxfiy duolarini qabul etganini bildirib, u zotga quyidagi xitobni qildi: