ثُمَّ لَنَنزِعَنَّ مِن كُلِّ شِيعَةٍ أَيُّهُمْ أَشَدُّ عَلَى ٱلرَّحْمَـٰنِ عِتِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, har bir guruhdan Rohmanga ashaddiy osiy bo`lganini sug`urib olamiz.Сўнгра, ҳар бир гуруҳдан Роҳманга ашаддий осий бўлганини суғуриб оламиз.Alauddin Mansour: Keyin har bir guruhdan qaysi kimsa Rahmonga qattiqroq osiy boʻlgan boʻlsa, (oʻshani) sugʻurib olurmiz (va jahannamga oturmiz).Кейин ҳар бир гуруҳдан қайси кимса Раҳмонга қаттиқроқ осий бўлган бўлса, (ўшани) суғуриб олурмиз (ва жаҳаннамга отурмиз).
Nihoyatda qoʻrqinchli va dahshatli manzara. Kofirlar, osiylar va ularning shaytonlari jahannam atrofida xoru zor boʻlgan hollarida tiz choʻkib oʻtiribdilar. Jahannam qizigandan qizib, kelganni yutishga shay boʻlib, guvillab yonmoqda. Atrofda oʻtirganlarning bari shu jahannamga uloqtirilishlarini yaxshi biladilar. Faqat, qay tarzda jahannamga tashlanishlarini kutib turibdilar, xolos. Ana shunday ayanchli paytda ular mansub boʻlgan
«...har bir guruhdan Rohmanga ashaddiy osiy boʻlganini sugʻurib olamiz».
Anchayin chorlab yoxud taklif qilib emas, shiddat bilan sugʻurib olinadi. Demak, kofirlar shaytonlari bilan jahannam atrofiga oʻtqazib qoʻyilib, qilgan gunohlariga qarab birin-ketin doʻzaxga tashlanadilar. Qolganlari navbat kutib, oʻzidan oldin tushganlarning doʻzaxda qanday azoblanishini koʻrib, kuzatib turadilar.