فَوَرَبِّكَ لَنَحْشُرَنَّهُمْ وَٱلشَّيَـٰطِينَ ثُمَّ لَنُحْضِرَنَّهُمْ حَوْلَ جَهَنَّمَ جِثِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingga qasamki, Biz ularni va shaytonlarni, albatta, mahsharga to`playmiz, so`ngra, ularni jahannam atrofiga tiz cho`kkan hollarida hozir qilamiz.Роббингга қасамки, Биз уларни ва шайтонларни, албатта, маҳшарга тўплаймиз, сўнгра, уларни жаҳаннам атрофига тиз чўккан ҳолларида ҳозир қиламиз.Alauddin Mansour: Bas (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Parvardigoringizga qasamki, albatta, Biz ularni (yoʻldan ozdirgan) shaytonlari bilan birga toʻplarmiz, soʻngra (barchalarini) jahannam atrofida tiz choʻkkan hollarida hozir qilurmiz.Бас (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Парвардигорингизга қасамки, албатта, Биз уларни (йўлдан оздирган) шайтонлари билан бирга тўплармиз, сўнгра (барчаларини) жаҳаннам атрофида тиз чўккан ҳолларида ҳозир қилурмиз.
Kofirlar oʻlgandan keyin qayta tirilishga ishonmasalar, ishonmasinlar. Bu inkor ularni sarbaland yoxud baxtiyor qilmaydi. Erta kun oʻzlariga qiyin boʻladi.
«Robbingga qasamki, Biz ularni va shaytonlarni, albatta, mahsharga toʻplaymiz...»
Alloh taolo aytgan ish boʻlmay qolmaydi. Ayniqsa, Alloh taolo qasam ichib, xususan, Oʻz ismi bilan qasam ichib aytgan ishning boʻlishi muqarrar. Kofirlar oʻzlarining qayta tirilishlariga ishonmay turibdilar. Hali Alloh taolo ularga qoʻshib shaytonlarini ham mahshar maydoniga jam etadi. Koʻp insonlar hayoti dunyoda shaytonning izmida yurib, unga ergashib kofir boʻlgan edilar. Endi u dunyoda mahshar maydonida birga jam boʻladilar.
«...soʻngra, ularni jahannam atrofiga tiz choʻkkan hollarida hozir qilamiz.»
Oxirat kuni faqat qayta tiriltirish yoki mahshar maydoniga toʻplash bilan ish bitib qolmaydi. Qayta tiriltirish va mahsharga toʻplashdan maqsad, savol-javob qilib, qilmishiga yarasha jazo berishdir. Bugungi kunda qayta tirilishni inkor qilayotgan kofirlar shaytonlari bilan mahshar maydoniga toʻplanganlaridan keyin savol-javob boʻladi. Jazolari haqida hukm oʻqiladi. Shu hukmga binoan ular xoru zor, tiz choʻkkan hollarida jahannam girdiga hozir qilinadilar. Ular tiz choʻkkan holda qarshilaridagi oʻzlari kiradigan jahannamni koʻradilar.