أَوَلَا يَذْكُرُ ٱلْإِنسَـٰنُ أَنَّا خَلَقْنَـٰهُ مِن قَبْلُ وَلَمْ يَكُ شَيْـًٔا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha inson Biz uni bundan oldin hech narsa bo`lmay turganida yaratganimizni eslamaydimi?!Ўша инсон Биз уни бундан олдин ҳеч нарса бўлмай турганида яратганимизни эсламайдими?!Alauddin Mansour: Axir oʻsha inson Biz uni ilgari oʻzi hech narsa boʻlmagan paytida yaratganimizni (yaʼni, yoʻqdan bor qilganimizni) eslamasmi?!Ахир ўша инсон Биз уни илгари ўзи ҳеч нарса бўлмаган пайтида яратганимизни (яъни, йўқдан бор қилганимизни) эсламасми?!
Kofir oʻlgach, qabrga kirganidan keyin qayta tiriltirishimizga ishonmayapti. U bir kun kelib qabrdan tirik holda chiqishini inkor etyapti. Ammo bu inkori asossiz ekanini bilmaydi. Oʻsha kofir uzoqqa borib yurmay, oʻziga boqsin. Bundan oldin uning oʻzi, ota-onasi qayoqda edi? Tabiiyki, ular yoʻq edilar. Hech kimning xayoliga ham kelmasdilar. Shunday ekan, bundan burun nomu nishoni yoʻq insonni, bugun Alloh uni qayta tiriltirishi mumkinligini inkor etib turgan insonni kim yoʻqdan bor qildi?