وَإِن مِّنكُمْ إِلَّا وَارِدُهَا ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ حَتْمًا مَّقْضِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizdan unga yaqinlashuvchi bo`lmagan hech kim yo`q. Bu, Robbing huzuridagi keskin hukmdir.Сиздан унга яқинлашувчи бўлмаган ҳеч ким йўқ. Бу, Роббинг ҳузуридаги кескин ҳукмдир.Alauddin Mansour: Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib boʻlgan hukmdir.Сизлардан ҳар бирингиз унга тушгувчидирсиз. (Бу) Парвардигорингиз (амрига биноан) вожиб бўлган ҳукмдир.
Ushbu oyati karimaning maʼnosi xususida ulamolarimiz ikki xil fikr bildirganlar. Bu xilma-xillikka oyatdagi biz «yaqinlashuvchi» deb tarjima qilgan «vorid» soʻzi sabab boʻlgan. Bu soʻzning maʼnosi jumladagi oʻrni va boshqa soʻzlarning joylashishiga qarab oʻzgarishi mumkin. Aslida, «varada» feʼli suv bor joyga yaqinlashib, suv olishga aytiladi. Boshqa joyga nisbatan ishlatilsa «kirdi» maʼnosini anglatishi ham mumkin. «Kirdi» maʼnosiga iqror boʻlgan ulamolarimiz ushbu oyatga «Sizdan unga kiruvchi boʻlmagan hech kim yoʻq», degan maʼnoni beradilar. Yaʼni, sizdan u jahannamga kirmagan hech kim qolmaydi. Hammangiz kirasiz. Shunga binoan, bu guruhdagi ulamolarimiz: moʻmindir, kofirdir har bir insonning jahannamga bir kirishi bor, deydilar. Moʻmin kirib, zarar tortmay oʻtib ketadi. Kofir kirib, azob tortib qolib ketadi.
Ikkinchi guruh ulamolarimiz esa: «varada»ga oʻzining asl «yaqinlashdi» maʼnosini berishimiz kerak, oyat tarkibida «vorida» boʻlib kelgani bilan unga «kiruvchi» maʼnosini berishga hech bir dalil yoʻq, deydilar. Shuningdek, Alloh taolo «Anbiyo» surasida moʻminlar haqida: «... ana oʻshalar undan(jahannamdan) uzoqlashtirilgandirlar. Ular uning chisirlashini(ovozini ham) eshitmaslar...» degan, shuning uchun ham bu oyatga «Sizdan unga yaqinlashuvchi boʻlmagan hech kim yoʻq», deb maʼno bersak, asliga muvofiq boʻladi, deydilar. Binobarin, moʻminlar jahannamga, xususan, sirotdan oʻtayotganlarida yaqinlashadilar, biroq tushmay oʻtib ketadilar. Kofirlar esa, yaqinlashib, jahannam atrofida tiz choʻkib oʻtiradilar va avvalda aytilganidek, gunohlariga mos ravishda ketma-ket doʻzaxga tashlanadilar. Biz ham shu fikrni manzur tutdik.
Ushbu maʼno keyingi oyatda sobit boʻladi: