QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят72

ثُمَّ نُنَجِّى ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوا۟ وَّنَذَرُ ٱلظَّـٰلِمِينَ فِيهَا جِثِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, taqvo qilganlarga najot beramiz va zolimlarni unda tiz cho`kkan hollarida qoldiramiz.Сўнгра, тақво қилганларга нажот берамиз ва золимларни унда тиз чўккан ҳолларида қолдирамиз.Alauddin Mansour: Soʻng taqvodor boʻlgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz choʻkkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz.Сўнг тақводор бўлган зотларни (ундан) қутқарурмиз ва золим кимсаларни тиз чўккан ҳолларида (жаҳаннамда) қолдирурмиз.

310-sahifa · 16-juz · 31-hizb310-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграنُنَجِّىnajot berurmizнажот берурмизٱلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаٱتَّقَوا۟taqvo qilganтақво қилганوَّنَذَرُva qoldirurmizва қолдирурмизٱلظَّـٰلِمِينَzolimlarniзолимларниفِيهَاundaундаجِثِيًّۭاtiz choʻkkan holdaтиз чўккан ҳолда
TafsirТафсир

Mashhur tafsirchi olimlarimizdan imom Bayzoviy: «Ushbu oyati karimada, yuqoridagi oyatdagi «vorid» soʻzining «kiruvchi» emas, «yaqinlashuvchi» ekaniga dalil bor», deydilar. Yaʼni, hamma insonlar va jinlar yaqinlashib, jahannam atrofida tiz choʻkib oʻtiradilar. Soʻngra, moʻminlar najot topib, jannatga tomon ravona boʻladilar. Kofirlar esa, jahannamga tushishlarini kutib, tiz choʻkkan hollarida oʻtirib qoladilar.

Jahannam atrofida unga tushishini kutib tiz choʻkkan xoru zor kofirlar bu dunyoda moʻminlar ustidan kular edilar: