وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتُنَا بَيِّنَـٰتٍ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَىُّ ٱلْفَرِيقَيْنِ خَيْرٌ مَّقَامًا وَأَحْسَنُ نَدِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki ularga Bizning ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Ikki guruhning qaysi biri maqom va majlis jihatidan yaxshiroqdir?» – derlar.Қачонки уларга Бизнинг равшан оятларимиз тиловат қилинса, куфр келтирганлар иймон келтирганларга: «Икки гуруҳнинг қайси бири мақом ва мажлис жиҳатидан яхшироқдир?» – дерлар.Alauddin Mansour: Qachon ularga (yaʼni, insonlarga) ochiq-ravshan boʻlgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir boʻlgan kimsalar iymon keltirgan zotlarga: «Qaysi guruh yaxshiroq martaba va goʻzalroq majlisda?», deydilar. (Yaʼni, boy-badavlat mushriklar faqir va miskin moʻminlarning ustidan kuladilar).Қачон уларга (яъни, инсонларга) очиқ-равшан бўлган оятларимиз тиловат қилинса, кофир бўлган кимсалар иймон келтирган зотларга: «Қайси гуруҳ яхшироқ мартаба ва гўзалроқ мажлисда?», дейдилар. (Яъни, бой-бадавлат мушриклар фақир ва мискин мўминларнинг устидан куладилар).
Odamlarga Allohning ravshan oyatlari tilovat qilinib, iymonga, Islomga daʼvat qilinganlarida, kofirlar bu holni oʻz qarichlari bilan oʻlchab, iymon ahli va kufr ahlini taqqoslab, baho beradilar. Ular moʻminlarga qarab:
«Ikki guruhning qaysi biri maqom va majlis jihatidan yaxshiroqdir?» – derlar».
Bashariyat, asosan, ikki guruhdan iborat: biri–moʻminlar guruhi. Boshqasi–kofirlar. Boqinglar, qaysi bir guruhning jamiyatdagi maqom va mansabi yaxshi? Qaysi bir guruhning majlisi, toʻplanishlari, marosimlari dabdabali oʻtadi? Kofirlarnikimi? Yoki moʻminlarnikimi? Kofirlarda molu dunyo moʻl. Hukm va mansab, kuch-quvvat ularning qoʻlida. Turli jamiyatlari, yigʻin va marosimlari dabdaba bilan oʻtadi.
Moʻminlarda na molu dunyo, na hukmu mansab bor. Jamiyatlari, yigʻin va marosimlarida hech narsa yoʻqligidan Qurʼon oʻqishadi, vaʼz-nasihat qilishadi. Qani ayting, qaysi bir guruh maqom va majlis jihatidan yaxshiroq, ustunroq?
Bu fikr–kofirlarning fikri. Kofirlarning qarichi.
Lekin mazkur kofirlardan burun ham koʻplab kofirlar oʻtgan, ularning hozirgilaridan aslo farqi boʻlmagan. Kofir hamma davru zamonda kofirdir.