قَالَ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى غُلَـٰمٌ وَكَانَتِ ٱمْرَأَتِى عَاقِرًا وَقَدْ بَلَغْتُ مِنَ ٱلْكِبَرِ عِتِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, ayolim tug`mas bo`lsa, o`zim qarib-chirib qolgan bo`lsam, qanday qilib mening o`g`lim bo`lsin?!» – dedi.У: «Эй Роббим, аёлим туғмас бўлса, ўзим қариб-чириб қолган бўлсам, қандай қилиб менинг ўғлим бўлсин?!» – деди.Alauddin Mansour: (Zakariyo) dedi: «Parvardigorim, xotinim tugʻmas boʻlib qolgan, oʻzim esa keksalikning (umrimning) nihoyasiga yetib qolgan boʻlsam, mendan qanday farzand (bunyod) boʻlsin?»(Закариё) деди: «Парвардигорим, хотиним туғмас бўлиб қолган, ўзим эса кексаликнинг (умримнинг) ниҳоясига етиб қолган бўлсам, мендан қандай фарзанд (бунёд) бўлсин?»
Zakariyo alayhissalom bu fikrni insoniylik voqeligidan kelib izhor etdilar. Odatda, pushtsiz xotindan bola boʻlmaydi. Boz ustiga, uning jufti suyaklari moʻrtlashib, sochlari oqarib, qarib- chirib qolgan moʻysafid boʻlsa, tajribaga koʻra, farzand tugʻilmasligi ayon.
Ushbu mahol damda Alloh taolo insoniy voqelikdan gʻoyat ustunligi, irodasi jamiyki hodisadan qudratli ekani, Uning uchun har bir narsa osonligi haqida soʻz ochdi: