قَالَ كَذَٰلِكَ قَالَ رَبُّكَ هُوَ عَلَىَّ هَيِّنٌ وَقَدْ خَلَقْتُكَ مِن قَبْلُ وَلَمْ تَكُ شَيْـًٔا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ana shunday! Robbing aytdiki, bu Men uchun oson. Batahqiq, bundan oldin seni yaratdim. Holbuki, sen hech narsa emas eding», dedi.У: «Ана шундай! Роббинг айтдики, бу Мен учун осон. Батаҳқиқ, бундан олдин сени яратдим. Ҳолбуки, сен ҳеч нарса эмас эдинг», деди.Alauddin Mansour: (Alloh) aytdi: «Shunday, Parvardigoring ayturki, bu (ish) Menga osondir. (Axir) Men ilgari hech narsa boʻlmagan paytingda seni (ham) yaratgan edim-ku (yaʼni, yoʻqdan bor qilgan edim-ku)!»(Аллоҳ) айтди: «Шундай, Парвардигоринг айтурки, бу (иш) Менга осондир. (Ахир) Мен илгари ҳеч нарса бўлмаган пайтингда сени (ҳам) яратган эдим-ку (яъни, йўқдан бор қилган эдим-ку)!»
Alloh subhanahu va taolo Paygʻambari Zakariyo alayhissalomning eʼtiborini juda oddiy va taʼsirli haqiqatga jalb etdi: «Sen pushtsiz xotin va qari choldan zurriyot boʻlishiga ajablanyapsan. Ammo bir zum oʻzingga boq.
«U: «Ana shunday! Robbing aytdiki, bu Men uchun oson. Batahqiq, bundan oldin seni yaratdim.»
Seni yoʻqdan yaratgan Zot pushtsiz xotin va keksa choldan farzand paydo qila olmaydimi?–dedi.
Ha, Alloh taolo har narsaga qodir Zot. Pushtsiz xotinni homilali, keksa cholni farzand koʻrishga layoqatli qilish unga hech ogʻir emas.
Alloh taoloning bu xitobini eshitgan Zakariyo alayhissalom hushyor tortdilar. Shunday boʻlsa ham, ishonchlari yanada komil boʻlishi uchun: