قَالَ رَبِّ ٱجْعَل لِّىٓ ءَايَةً ۚ قَالَ ءَايَتُكَ أَلَّا تُكَلِّمَ ٱلنَّاسَ ثَلَـٰثَ لَيَالٍ سَوِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Robbim, menga bir belgi ato qil», dedi. U zot: «Sening belging salomat holingda odamlarga uch kecha gapirmasligingdir», dedi.У: «Роббим, менга бир белги ато қил», деди. У зот: «Сенинг белгинг саломат ҳолингда одамларга уч кеча гапирмаслигингдир», деди.Alauddin Mansour: «Parvardigorim, men uchun (kampirim homilali boʻlganiga) biron belgi-alomat qilsang», dedi u (Zakariyo). (Alloh) aytdi: «Senga belgi shuki, soppa-sogʻ boʻlgan holingda uch kungacha odamlarga gapira olmaysan».«Парвардигорим, мен учун (кампирим ҳомилали бўлганига) бирон белги-аломат қилсанг», деди у (Закариё). (Аллоҳ) айтди: «Сенга белги шуки, соппа-соғ бўлган ҳолингда уч кунгача одамларга гапира олмайсан».
Yaʼni, Zakariyo alayhissalom Alloh taolodan vaʼda qilingan oʻgʻilni berganini, ayolining homilador boʻlganini oldindan bildiradigan biror alomat nozil qilishini soʻradi.
«U: «Robbim, menga bir belgi ato qil», dedi.»
Alloh taolo farzand alomati qilib Zakariyo alayhissalomning soppa-sogʻ holda uch kun davomida tildan qolishlarini belgiladi.
«U zot: «Sening belging salomat holingda, odamlarga uch kecha gapirmasligingdir», dedi.»
Shunday boʻldi ham. Bu haqda Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda: «Oʻzi soppa-sogʻ boʻla turib, tili tutilib qoldi. Biror odamga gapira olmas, ammo Allohga tasbih aytsa yoki Tavrot oʻqisa, tili ochilar edi», deyiladi.
Yaʼni, Alloh taolo Zakariyo alayhissalomning odamlar jamoatidan uzilib, ilohiy aloqaga bogʻlangan hollarini farzand berilganining belgisi sifatida zohir etdi.