QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят11

فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ مِنَ ٱلْمِحْرَابِ فَأَوْحَىٰٓ إِلَيْهِمْ أَن سَبِّحُوا۟ بُكْرَةً وَعَشِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, o`z qavmi huzuriga mehrobdan chiqdi va ularga, ertayu kech tasbih aytinglar, deb ishora qildi.Бас, ўз қавми ҳузурига меҳробдан чиқди ва уларга, эртаю кеч тасбиҳ айтинглар, деб ишора қилди.Alauddin Mansour: Bas, (Zakariyo) mehrobdan qavmining oldiga chiqib, ularga erta-yu kech (Allohni) poklab — ibodat etishni ishora qildi.Бас, (Закариё) меҳробдан қавмининг олдига чиқиб, уларга эрта-ю кеч (Аллоҳни) поклаб — ибодат этишни ишора қилди.

305-sahifa · 16-juz · 31-hizb305-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَخَرَجَbas, chiqdiбас, чиқдиعَلَىٰhuzurigaҳузуригаقَوْمِهِۦoʻz qavmiўз қавмиمِنَ-dan-данٱلْمِحْرَابِmehrobмеҳробفَأَوْحَىٰٓva ishora qildiва ишора қилдиإِلَيْهِمْulargaуларгаأَنdebдебسَبِّحُوا۟tasbih aytinglarтасбиҳ айтингларبُكْرَةًۭertalabэрталабوَعَشِيًّۭاva kechqurunва кечқурун
TafsirТафсир

Sogʻlom holda tildan qolgan Zakariyo alayhissalom mehrobda ibodat, tasbih va Tavrot tilovati bilan mashgʻul boʻldilar. Mehrobdan chiqib qavmlariga, ertayu kech Allohga tasbih aytinglar, deb ishora qildilar. Bu bilan qavmlarini birga ibodat qilishga, berilgan ulugʻ neʼmat shukronasini ado etishga chorladilar.

Shu nuqtada Zakariyo alayhissalomga tegishli tarix xotima topadi. Yahyo alayhissalomning tavalludlari, voyaga yetishlari, hayotlariga taalluqli boshqa tarixlar bayon etilmay, bir yoʻla ul zotga kitob nozil etilish qissasi zikr etiladi: