يَـٰيَحْيَىٰ خُذِ ٱلْكِتَـٰبَ بِقُوَّةٍ ۖ وَءَاتَيْنَـٰهُ ٱلْحُكْمَ صَبِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey Yahyo, kitobni quvvat-la ol!» (dedik). Va unga go`dakligidayoq hukmni berdik.«Эй Яҳё, китобни қувват-ла ол!» (дедик). Ва унга гўдаклигидаёқ ҳукмни бердик.Alauddin Mansour: (Biz unga): «Ey Yahyo, Kitobni (yaʼni, Tavrotni) mahkam ushlagin», (dedik) va unga goʻdaklik chogʻidayoq hikmat-maʼrifat ato etdik.(Биз унга): «Эй Яҳё, Китобни (яъни, Тавротни) маҳкам ушлагин», (дедик) ва унга гўдаклик чоғидаёқ ҳикмат-маърифат ато этдик.
Alloh taolo Yahyo alayhissalomga: ilohiy Tavrotni quvvat bilan ol, demoqda. Aslida, Muso alayhissalomga nozil boʻlgan Tavrotni keyin kelgan Paygʻambarlar, jumladan, Zakariyo alayhissalom va ul zotning oʻgʻillari Yahyo alayhissalom ham oʻqib, unga amal qilganlar. Oyatdagi:
«Unga goʻdakligidayoq hukmni berdik», degan jumlani ulamolarimiz «ilmu hikmat» mazmunida taʼviyl qilganlar.