QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят115

وَلِلَّهِ ٱلْمَشْرِقُ وَٱلْمَغْرِبُ ۚ فَأَيْنَمَا تُوَلُّوا۟ فَثَمَّ وَجْهُ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mashriqu mag`rib Allohnikidir, qayoqqa qarasangiz, Allohning yuzi bor. Albatta, Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir.Машриқу мағриб Аллоҳникидир, қаёққа қарасангиз, Аллоҳнинг юзи бор. Албатта, Аллоҳ кенг қамровли, билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Mashriq ham, magʻrib ham Allohnikidir. Bas, qay tarafga yuz bursangiz, oʻsha joy Allohning tarafidir. Shubhasiz Alloh (hamma tomonni) qamrab olguvchi Bilimdondir.Машриқ ҳам, мағриб ҳам Аллоҳникидир. Бас, қай тарафга юз бурсангиз, ўша жой Аллоҳнинг тарафидир. Шубҳасиз Аллоҳ (ҳамма томонни) қамраб олгувчи Билимдондир.

18-sahifa · 1-juz · 2-hizb18-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِلَّهِva Allohnikidirва Аллоҳникидирٱلْمَشْرِقُmashriqмашриқوَٱلْمَغْرِبُ ۚva magʻribва мағрибفَأَيْنَمَاbas, qayoqqaбас, қаёққаتُوَلُّوا۟yuzlansangizюзлансангизفَثَمَّana oʻsha yerdaана ўша ердаوَجْهُyuziюзиٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳوَٰسِعٌkeng qamrovliкенг қамровлиعَلِيمٌۭbiluvchidirбилувчидир
TafsirТафсир

Butun yer yuzi–magʻribu mashriq musulmonlar uchun masjid qilingan. Chunki yer yuzi Alloh taoloniki. Unga ibodat qilmoqchi boʻlgan odam har joyda qilaversa boʻlaveradi.

Kofirlar masjidga kirishni man qilsa yoki uni buzib yuborsa, Allohga ibodat qilish imkoni tugab qolmaydi. Qaysi joyda ibodat qilsangiz ham, Alloh - Hozir, ibodatni qabul qiluvchi Uning Oʻzi. U rahmati-qamrovi keng, hamma narsani biluvchi zotdir, bandalarining barcha ishlarini qamrab oladi va bilib turadi.

Ushbudan maʼlum boʻladiki, hukumat masjidni yopib qoʻydi, ibodatni man qildi, degan bahona ila ibodatsiz yurmoqchi boʻlganlar mutlaqo notoʻgʻri ish qiladilar.

Barcha toifa kofirlarga ergashmaslikka amrning sabablaridan yana biri quyidagi oyatda bayon qilinadi: