وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَـٰجِدَ ٱللَّهِ أَن يُذْكَرَ فِيهَا ٱسْمُهُۥ وَسَعَىٰ فِى خَرَابِهَآ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ مَا كَانَ لَهُمْ أَن يَدْخُلُوهَآ إِلَّا خَآئِفِينَ ۚ لَهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌ وَلَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning masjidlarida Uning ismi zikr qilinishini man etgan va ularni buzishga harakat qilgandan ham zolimroq odam bormi? Ana o`shalar u joylarga faqat qo`rqqan hollaridagina kirishlari kerak edi-ku! Ularga bu dunyoda xorlik bordir va ularga oxiratda ulug` azob bordir.Аллоҳнинг масжидларида Унинг исми зикр қилинишини ман этган ва уларни бузишга ҳаракат қилгандан ҳам золимроқ одам борми? Ана ўшалар у жойларга фақат қўрққан ҳолларидагина киришлари керак эди-ку! Уларга бу дунёда хорлик бордир ва уларга охиратда улуғ азоб бордир.Alauddin Mansour: Allohning masjidlarini ularda Alloh ismi zikr qilinishidan toʻsadigan va ularni xarob qilish harakatida yuradigan kimsalardan ham zolimroq kim bor? Axir bu kimsalar uchun unday joylarga faqat qoʻrqqan hollarda kirish joiz edi-ku. Ular uchun bu dunyoda rasvolik, Oxiratda esa buyuk azob bordir.Аллоҳнинг масжидларини уларда Аллоҳ исми зикр қилинишидан тўсадиган ва уларни хароб қилиш ҳаракатида юрадиган кимсалардан ҳам золимроқ ким бор? Ахир бу кимсалар учун ундай жойларга фақат қўрққан ҳолларда кириш жоиз эди-ку. Улар учун бу дунёда расволик, Охиратда эса буюк азоб бордир.
Ushbu oyati karima taʼbiriga koʻra, dunyoda masjidlarda Allohning ismi zikr qilinishini man etgan va masjidlarni buzishga harakat qilgan shaxslardan zolimroq odam yoʻq. Bu ulkan haqiqatdir.
«Allohning masjidlarida Uning ismi zikr qilinishini man etgan va ularni buzishga harakat qilgandan ham zolimroq odam bormi?»
Kofir, dinsiz boʻlishlikning oʻzi ulkan zulm. Ammo oʻzining kofir boʻlgani yetmaganidek, boshqalarni masjidga kirib ibodat qilishdan man etish undan ham katta zulm. Masjidlarni buzish, ularni xarob qilish zulm ustiga zulmdir.
Bunday cheksiz zulmu sitamlarni musulmonlar tarix davomida juda koʻp tortdilar. Eng keyingi davrda xudosiz jallodlar dunyoda hech kim qilmagan gunohni qilib, kufr asosida davlat qurib, dinni «afyun» deb eʼlon qilganlari yetmaganidek, butun xalqni–yetti pushtidan buyon musulmon boʻlib kelayotgan xalqni Allohning masjidlarida ibodat qilishdan toʻsdilar. Ibodat qilganlari, Allohning kitobini oʻrganganlari uchun qiynab oʻldirdilar, quvgʻin qildilar, toʻlab boʻlmaydigan soliqlar soldilar.
Mazkur xudosiz kofirlar oʻn minglab masjidlarni, oyati karima taʼbiri bilan aytganda, «Allohning masjidlarini» buzdilar, xarob qildilar. «Xarob» soʻzi buzishdan koʻra umumiyroq maʼnoni beradi. Masjidda namoz oʻqilmasa ham uning xarob boʻlganidir. Xudosiz kofirlar buzilmay qolgan masjidlarni shu yoʻl ila xarob etdilar. Ibodatxonalarni omborlarga, turli kufr idoralariga, aroq sotadigan doʻkonlarga, bosqinchi kofirlarning yashash joylariga, hatto choʻchqaxonalarga aylantirdilar. Samar-qand va Buxoroga oʻxshash qadimiy shaharlardagi masjidlar hojatxonalarga aylantirildi. Insoniyat oʻzining uzun tarixida koʻpgina qiyinchiliklarni boshidan oʻtkazgan, ammo bunga oʻxshash vahshiylikni koʻrmagan!
Oʻsha kofirlar, dinsizlar ham odam edilar, ular ham Xudoning bandasi edi. Ularning ham aqli bor edi.
«Ana oʻshalar u joylarga faqat qoʻrqqan hollaridagina kirishlari kerak edi-ku!»
Tafakkur qilib oʻylasa, bandalikni boʻyniga olib, odamlarni ibodatdan toʻsish oʻrniga oʻzlari ham ularga qoʻshilib ibodat qilishlari lozim edi. Masjidlarni buzib xarob qilish oʻrniga ularga tavozuʼ bilan, qoʻrqqan hollarida kirib, Allohning zikrini qilmoqliklari kerak edi. Shu gʻoyada yaratilgan edi ular ham. Ha, shunday boʻlishi kerak edi. Ammo teskari boʻldi, ular oʻzlari ibodatga kirmagani yetmagandek, sof iymonli moʻmin-musulmonlarning oʻz Robbilariga ibodat qilishlarini ham koʻra olmadilar. Moʻminlarni Allohning ibodatidan man etib, shaytonning ibodatiga majbur qilishdi.
Moʻmin-musulmonlar oʻz mablagʻlari, mehnatlari, hunarlari bilan Alloh uchun qurgan masjidlarini buzib, omborxona, aroqxona, buzuqxona va boshqa «...xona»larga aylantirdilar. Shunday ishlarni qilib, endi hech narsa boʻlmaganday ketaveradilarmi?! Yoʻq! Alloh taolo ushbu oyatning oʻzida ularning oqibati nima boʻlishini aytib qoʻygan:
«Ularga bu dunyoda xorlik bordir va ularga oxiratda ulkan azob bordir»
Ulugʻ Allohning soʻzi rostdir. Darhaqiqat, tarix guvohdirki, masjid buzganlar, odamlarni ibodatdan man qilganlar bu dunyoda ham halovat topmaganlar, soʻng xor boʻlib oʻlganlar. Undaylarni yaqin oʻtmishimizdan kishilar nomma-nom bilishadi. Holbuki, bu dunyodagi qiyinchiliklar qiyomatda tortadigan azoblar oldida hech narsa emas.
Kofirlar doimo qoʻllaridan kelgan yomonliklarni qilaveradilar. Ular masjidlarda Allohning ismini zikr qilishdan odamlarni qaytarib, Allohning masjidlarini xarob etishga harakat qilishadi. Ammo shunday jabru zulmga qaramay, musulmonlarning Allohga ibodat qilishga imkonlari bor. Chunki,