وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ لَيْسَتِ ٱلنَّصَـٰرَىٰ عَلَىٰ شَىْءٍ وَقَالَتِ ٱلنَّصَـٰرَىٰ لَيْسَتِ ٱلْيَهُودُ عَلَىٰ شَىْءٍ وَهُمْ يَتْلُونَ ٱلْكِتَـٰبَ ۗ كَذَٰلِكَ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ مِثْلَ قَوْلِهِمْ ۚ فَٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yahudiylar: «Nasroniylar arzimas narsadadirlar», dedilar. Nasroniylar: «Yahudiylar arzimas narsadadirlar», dedilar. Va holbuki, ular kitob tilovat qilurlar. Shuningdek, bilmaydigan kimsalar ham ularning gapiga o`xshash gap aytdilar. Bas, qiyomat kuni oralarida Alloh ular ixtilof qilgan narsa haqida hakamlik qiladir.Яҳудийлар: «Насронийлар арзимас нарсададирлар», дедилар. Насронийлар: «Яҳудийлар арзимас нарсададирлар», дедилар. Ва ҳолбуки, улар китоб тиловат қилурлар. Шунингдек, билмайдиган кимсалар ҳам уларнинг гапига ўхшаш гап айтдилар. Бас, қиёмат куни ораларида Аллоҳ улар ихтилоф қилган нарса ҳақида ҳакамлик қиладир.Alauddin Mansour: Yahudiylar: «Nasroniylar biron (arzigulik) narsa — din ustida emaslar», deyishdi. Nasroniylar: «Yahudiylar biron (arzigulik) narsa — din ustida emaslar», deyishdi. Holbuki, ular (yaʼni, yahudiylar ham, nasroniylar ham) kitob (yaʼni, Tavrot, Injil) tilovat qiladilar, shuningdek, bilmaydigan kimsalar ularning gapiga oʻxshash gap aytdilar. Bas, ularning oʻzaro ixtilof qilib oʻtgan narsalari haqida Alloh Qiyomat Kunida hukm qiladi.Яҳудийлар: «Насронийлар бирон (арзигулик) нарса — дин устида эмаслар», дейишди. Насронийлар: «Яҳудийлар бирон (арзигулик) нарса — дин устида эмаслар», дейишди. Ҳолбуки, улар (яъни, яҳудийлар ҳам, насронийлар ҳам) китоб (яъни, Таврот, Инжил) тиловат қиладилар, шунингдек, билмайдиган кимсалар уларнинг гапига ўхшаш гап айтдилар. Бас, уларнинг ўзаро ихтилоф қилиб ўтган нарсалари ҳақида Аллоҳ Қиёмат Кунида ҳукм қилади.
Kofirlar musulmonlarga nisbatan qilgan turli-tuman daʼvolaridan tashqari, oʻzaro bir-birlariga nisbatan ham daʼvolar qilar edilar. Jumladan, oyatda kelganidek,
Yahudiylar: «Nasroniylar arzimas narsadadirlar», dedilar».
Yaʼni, yahudiylar: «Nasroniylar hech narsaga arzimaydilar, ular eʼtiqod qoʻyib amal qilayotgan narsalari hech narsa emas», deb ularni kamsitishsa, oʻz navbatida:
«Nasroniylar: «Yahudiylar arzimas narsadadirlar», dedilar».
Yaʼni, nasroniylar ham yahudiylarga nisbatan xuddi shunday munosabatda boʻlar edilar.
«Va holbuki, ular kitob tilovat qiladilar».
Ularning ikkalasi ham ahli kitob sanaladilar: yahudiylar Tavrotni, nasroniylar Injilni oʻqiydilar.
Samoviy kitob egasi boʻlmagan xalqlar toʻgʻrisida oyatda:
«Shuningdek, bilmaydigan kimsalar ham ularning gapiga oʻxshash gap aytdilar», deyilmoqda.
Yaʼni, ularni ilohiy taʼlimotlarni «bilmaydigan kimsalar» deb atalyapti. Ammo ular ham yahudiy va nasroniylarning gaplariga oʻxshash gaplarni aytadilar, yaʼni, mushriklar yahudiylar va nasorolar haqida, bular, ikkalasi ham hech narsaga arzimaydi, deydilar. Albatta, ish ularning gapiga qarab boʻlmaydi.
«Bas, qiyomat kuni oralarida Alloh ular ixtilof qilgan narsa haqida hakamlik qiladir».
Ular tortishishgan masalaning haqiqiy hukmini Alloh taolo qiyomat kuni Oʻzi chiqaradi.
Faqat, unutmaslik kerakki, kofirlar kim boʻlishlaridan qatʼinazar, bir-birlari bilan qanchalik tortishmasinlar, musulmonlarga qarshi kurashda bir boʻlib oladilar.
Kelasi oyatda kofirlarning yana bir kirdikorlari fosh etiladi. Shu bilan, ularga ergashish mumkin emasligi yana bir bor tasdiqlanadi: