بَلَىٰ مَنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُۥ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ فَلَهُۥٓ أَجْرُهُۥ عِندَ رَبِّهِۦ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Kimki yaxshilik qilgan holida yuzini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.Йўқ! Кимки яхшилик қилган ҳолида юзини Аллоҳга топширса, унга Робби ҳузурида ажр бордир. Уларга хавф йўқ ва улар хафа ҳам бўлмаслар.Alauddin Mansour: Yoʻq, kim yaxshilik qilgan holida oʻzini Allohga topshirsa, uning uchun Alloh huzurida ajr bor va ular uchun xavfu xatar yoʻq va ular gʻamgin boʻlmaydilar.Йўқ, ким яхшилик қилган ҳолида ўзини Аллоҳга топширса, унинг учун Аллоҳ ҳузурида ажр бор ва улар учун хавфу хатар йўқ ва улар ғамгин бўлмайдилар.
Alloh taoloning huzurida qabul boʻladigan amalning ikkita sharti bor ekan.
Birinchi shart: kishi yuzini Allohga topshirgan boʻlishi kerak. Yaʼni, butun vujudi ila Allohga ixlos qilgan boʻlishi kerak.
Ikkinchi shart: qilgan ishi shariatda toʻgʻri deb topilgan amal boʻlishi kerak. Oyatdagi «yaxshilik qilgan holida» jumlasidan murod–shu.
Demak, ham maʼnaviy, ham moddiy tarafdan faqat Alloh uchun boʻlgan ish oʻz egasini mukofotga yetkazadi. Avvalo,
«Robbi huzurida ajr bordir».
Yana ularga kelajakda xavf yoʻq va ular boʻlib oʻtgan ishlardan afsuslanmaydi.
«Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar».
Bular Allohning vaʼdalaridir va muhaqqaq, shunday boʻlgusidir.
Kofirlarga ergashmaslikka boʻlgan chaqiriqning sabablaridan yana biri: