وَقَالُوا۟ لَن يَدْخُلَ ٱلْجَنَّةَ إِلَّا مَن كَانَ هُودًا أَوْ نَصَـٰرَىٰ ۗ تِلْكَ أَمَانِيُّهُمْ ۗ قُلْ هَاتُوا۟ بُرْهَـٰنَكُمْ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular: «Jannatga yahudiy va nasroniylardan boshqa hech kim kirmas», – dedilar. Bu ularning xom xayollaridir. Sen: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, hujjatingizni keltiring», – deb ayt.Ва улар: «Жаннатга яҳудий ва насронийлардан бошқа ҳеч ким кирмас», – дедилар. Бу уларнинг хом хаёлларидир. Сен: «Агар ростгўй бўлсангиз, ҳужжатингизни келтиринг», – деб айт.Alauddin Mansour: «Jannatga faqat yahudiy yoki nasroniy boʻlganlar kiradi», deyishdi. (Yaʼni yahudiylar: «Biz kiramiz», deyishsa, nasroniylar: «Biz kiramiz», deyishdi.) Bu ularning xom xayollaridir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, hujjatlaringizni keltiringlar!»«Жаннатга фақат яҳудий ёки насроний бўлганлар киради», дейишди. (Яъни яҳудийлар: «Биз кирамиз», дейишса, насронийлар: «Биз кирамиз», дейишди.) Бу уларнинг хом хаёлларидир. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Агар ростгўй бўлсангиз, ҳужжатларингизни келтиринглар!»
Keyinroq keladigan oyatlarning xabariga koʻra, aslida, yahudiylar: «Jannatga yahudiylardan boshqa hech kim kirmaydi», deganlar. Nasroniylar ham: «Jannatga nasroniylardan boshqa hech kim kirmaydi», deganlar. Ikkala qavmning ham daʼvosi bir xil boʻlgani uchun bu oyatda ularning gaplarini qoʻshib, birga keltirilmoqda.
«Va ular: «Jannatga yahudiy va nasroniylardan boshqa hech kim kirmas», – dedilar».
Ammo har ikki toifaning ham gapi xom xayoldan boshqa narsa emas.
«Bu ularning xom xayollaridir».
Ularning hech birida aytayotgan gapini,yaʼni oʻzining jannatga kirishini tasdiqlovchi hujjat–dalil yoʻq. Shu haqiqatni tasdiqlash uchun Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga xitob etib:
«Agar rostgoʻy boʻlsangiz, hujjatingizni keltiring», deb ayt», demoqda.
Xoʻsh, jannatga kimlar kiradi oʻzi? Ular aytayotgandek, faqat yahudiy yoki nasroniy boʻlganlarmi?