QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят110

وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا۟ لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Namozni qoim qiling, zakot bering, o`zingiz uchun qilgan yaxshiliklarni Allohning huzurida toparsiz. Albatta, Alloh qilayotganingizni ko`ruvchidir.Намозни қоим қилинг, закот беринг, ўзингиз учун қилган яхшиликларни Аллоҳнинг ҳузурида топарсиз. Албатта, Аллоҳ қилаётганингизни кўрувчидир.Alauddin Mansour: Namozni toʻkis ado qiling va zakotni bering! Oʻzingiz uchun nima yaxshilik qilgan boʻlsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. Shubhasiz Alloh qilgan amallaringizni koʻrib turguvchidir.Намозни тўкис адо қилинг ва закотни беринг! Ўзингиз учун нима яхшилик қилган бўлсангиз, уни Аллоҳ ҳузурида топажаксиз. Шубҳасиз Аллоҳ қилган амалларингизни кўриб тургувчидир.

17-sahifa · 1-juz · 2-hizb17-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَقِيمُوا۟va qoim qilingва қоим қилингٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَءَاتُوا۟va beringва берингٱلزَّكَوٰةَ ۚzakotniзакотниوَمَاva nimaва нимаتُقَدِّمُوا۟oldindan qilsangizолдиндан қилсангизلِأَنفُسِكُمoʻzingiz uchunўзингиз учунمِّنْ-dan-данخَيْرٍۢyaxshilikdanяхшиликданتَجِدُوهُuni topasizуни топасизعِندَhuzuridaҳузуридаٱللَّهِ ۗAllohningАллоҳнингإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳبِمَاnimaniниманиتَعْمَلُونَqilayotganingizniқилаётганингизниبَصِيرٌۭkoʻruvchidirкўрувчидир
TafsirТафсир

Oyat kofirlar bilan tenglashmay, ularni afv etib, ularga nisbatan kechirimli boʻlib, uning oʻrniga foydali ishlar bilan–qiyomatda manfaat beradigan namoz oʻqish, zakot berish kabi badan va mol ibodatlari ila mashgʻul boʻlishga chaqirmoqda. «Namozni qoim qiling» jumlasi «Namoz oʻqing» degandan bir qancha kuchli ifodadir. Namoz xuddi bino qilish, turgʻazish lozim boʻlgan narsayu, oʻshani toʻla ado etish zarurligini anglatadi.

«... oʻzingiz uchun qilgan yaxshiliklar» birikmasidan bilamizki, demak, inson nimaiki yaxshilik qilsa, foydasi oʻzigadir va savobini topajakdir.

Kelgusi oyati karimada dushmanlarning nobakorligidan yana bir namuna va unga raddiyaning qandoq boʻlishi haqida soʻz ketadi.