وَدَّ كَثِيرٌ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ لَوْ يَرُدُّونَكُم مِّنۢ بَعْدِ إِيمَـٰنِكُمْ كُفَّارًا حَسَدًا مِّنْ عِندِ أَنفُسِهِم مِّنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلْحَقُّ ۖ فَٱعْفُوا۟ وَٱصْفَحُوا۟ حَتَّىٰ يَأْتِىَ ٱللَّهُ بِأَمْرِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahli kitoblardan ko`plari ularga haq ravshan bo`lganidan keyin, o`zlaricha hasad qilib, sizlarni iymonli bo`lganingizdan keyin kofirlikka qaytarmoqchi bo`lurlar. Allohning amri kelguncha afv eting, kechirimli bo`ling. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.Аҳли китоблардан кўплари уларга ҳақ равшан бўлганидан кейин, ўзларича ҳасад қилиб, сизларни иймонли бўлганингиздан кейин кофирликка қайтармоқчи бўлурлар. Аллоҳнинг амри келгунча афв этинг, кечиримли бўлинг. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Ahli kitoblarning koʻpchiligi sizlarni, iymonli boʻlganingizdan keyin (yaʼni hozir), ularning oʻzlariga ham haqiqat ochiq ravshan boʻlganidan keyin hasad qilganlari sababli kufrga qaytarishni istaydi. Bas, Allohning farmoni kelgunicha ularni afv qiling va kechiring. Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.Аҳли китобларнинг кўпчилиги сизларни, иймонли бўлганингиздан кейин (яъни ҳозир), уларнинг ўзларига ҳам ҳақиқат очиқ равшан бўлганидан кейин ҳасад қилганлари сабабли куфрга қайтаришни истайди. Бас, Аллоҳнинг фармони келгунича уларни афв қилинг ва кечиринг. Албатта, Аллоҳ ҳар нарсага қодирдир.
Oyati karimadan koʻrinib turibdiki, ahli kitoblar, xususan, yahudiylar bizning iymonli boʻlib, oʻz dinimizga amal qilib hayot kechirishimizni koʻra olmaydilar. Ularga haq ravshan boʻlgan: musulmonlar oʻz dinlariga amal qilsalar, dunyoda bulardan baxtli odam boʻlmaydi. Ularga yana ravshan boʻlganki, musulmonlar oʻz dinlariga amal qilsalar, dunyoni egallaydilar, hammaga ustoz boʻladilar. Ha, bu haqiqat ularga ravshan boʻlgan. Ular bu haqiqatni tushunib yetganlaridan keyin oʻzlaricha hasad qiladilar.
«Ahli kitoblardan koʻplari ularga haq ravshan boʻlganidan keyin, oʻzlaricha hasad qilib, sizlarni iymonli boʻlganingizdan keyin kofirlikka qaytarmoqchi boʻlurlar».
Hasad, xususan, musulmonlarga qarshi hasad qilish ularning dinlarida yoʻq, Paygʻambarlarining koʻrsatmalarida, ilohiy kitoblarida yoʻq. Ular oʻz ichlaridan hasad qiladilar, musulmonlarni koʻra olmaydilar. Nima qilib boʻlsa ham, musulmonlarni dinlaridan chiqarib, kofirlikka qaytarishga harakat qiladilar. Bu haqiqat, ayniqsa, hozirgi paytda yanada namoyon boʻlmoqda. Dunyo kofirlari bir boʻlib, turli imkoniyatlarni ishga solib, musulmonlarni dinlaridan uzoqlashtirish uchun tinmay harakat qilmoqdalar. Chunki ular, agar musulmonchilik yoʻlga qoʻyilsa, butun dunyo Islomga kirib, ulardan yuz oʻgirishini tushunib yetganlar.
Endi ushbu haqiqatni oʻzini musulmon hisoblab yurganlar ham tushunib yetsalar edi!...
Oyatda musulmonlarga, Allohning amri kelguncha afv etish, kechirimli boʻlishga chaqiriq bor.
«Allohning amri kelguncha afv eting, kechirimli boʻling. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir».
Bu, pastkashlarga teng boʻlmaslikka, yomonlikka yomonlik, hasadga hasad ila muqobala etmasdan, oʻzini yuqori tutishga chaqiriqdir. Ushbu jumladagi «Allohning amri»dan murod nimaligi haqida tafsirchilar turli taʼviyllar aytganlar. Baʼzilari fath va gʻalaba, baʼzilari qiyomat kuni, yana boshqalari urush qilishga ruxsat, deganlar. Maqomga qarab, bularning har birini ham ishlatsa boʻladi.
Oyatning oxirida kelgan
«Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir», jumlasidan koʻrinib turibdiki, Alloh taoloning Oʻzi bir chora koʻrishi muqarrardir.
Kelasi oyatda Janobi Haq musulmonlarga Oʻz amrlarini davom ettiradi: