وَمَن يَرْغَبُ عَن مِّلَّةِ إِبْرَٰهِـۧمَ إِلَّا مَن سَفِهَ نَفْسَهُۥ ۚ وَلَقَدِ ٱصْطَفَيْنَـٰهُ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zini esi past sanaganlargina Ibrohimning millatidan yuz o`girur. Albatta, Biz uni bu dunyoda tanlab oldik va, albatta, u oxiratda solihlardan bo`lgay.Ўзини эси паст санаганларгина Иброҳимнинг миллатидан юз ўгирур. Албатта, Биз уни бу дунёда танлаб олдик ва, албатта, у охиратда солиҳлардан бўлгай.Alauddin Mansour: Ibrohimning dinidan faqat yengiltaklargina yuz oʻgiradilar. Haqiqatan, Biz dunyoda uni tanlab oldik va u Oxiratda shubhasiz solih (yaqinlarimizdan)dir.Иброҳимнинг динидан фақат енгилтакларгина юз ўгирадилар. Ҳақиқатан, Биз дунёда уни танлаб олдик ва у Охиратда шубҳасиз солиҳ (яқинларимиздан)дир.
Millatning maʼnosidindir. Kim oʻzini ahmoq, esi past sanasagina, Ibrohim alayhissalomning dinidan yuz oʻgirib, boshqa tarafga qarab ketadi. Chunki ikki dunyoning saodatini koʻzlagan odam u kishiga ergashishi kerak edi. Yaratuvchi Zot Ibrohimni ikki dunyo saodatiga musharraf etgan. Uni bu dunyoda tanlab olib, Paygʻambar qildi. Oxiratda esa, u zot solih, baxtiyorlardan boʻlajak, unga ergashganlar ham, albatta, ushbu baxtlarga muyassar boʻladi.
Nima uchun Ibrohim alayhissalom bunday ulkan baxtga erishdilar?