QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят131

إِذْ قَالَ لَهُۥ رَبُّهُۥٓ أَسْلِمْ ۖ قَالَ أَسْلَمْتُ لِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Chunki Robbi unga: «Musulmon bo`l!» deganida, u: «Olamlarning Robbiga musulmon bo`ldim», – dedi.Чунки Робби унга: «Мусулмон бўл!» деганида, у: «Оламларнинг Роббига мусулмон бўлдим», – деди.Alauddin Mansour: Eslang: Parvardigori unga: «Boʻyinsun!», deganida: «Butun olamlar egasiga boʻyinsundim» dedi.Эсланг: Парвардигори унга: «Бўйинсун!», деганида: «Бутун оламлар эгасига бўйинсундим» деди.

20-sahifa · 1-juz · 2-hizb20-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْqachonkiқачонкиقَالَdediдедиلَهُۥungaунгаرَبُّهُۥٓRobbiРоббиأَسْلِمْ ۖmusulmon boʻlмусулмон бўлقَالَdediдедиأَسْلَمْتُmusulmon boʻldimмусулмон бўлдимلِرَبِّRobbigaРоббигаٱلْعَـٰلَمِينَolamlarningоламларнинг
TafsirТафсир

Ulugʻ Robbidan nido kelganida, Ibrohim alayhissalom ikkilanmadilar, oʻylanib turmadilar, balki darhol amrni qabul etdilar:

«Olamlarning Robbiga musulmon boʻldim», – dedi».

«Islom» soʻzida boʻysunish, toat, ixlos maʼnolari bor. Demak, Ibrohim alayhissalomning dinlari, millatlari–Islom. Ibrohim alayhissalom oʻzlari musulmon boʻlishlari bilan kifoyalanib qolmadilar, balki ushbu Islom millatini mahkam tutishga vasiyat qildilar. Oʻsha vasiyat keyingi oyatda keladi: