وَوَصَّىٰ بِهَآ إِبْرَٰهِـۧمُ بَنِيهِ وَيَعْقُوبُ يَـٰبَنِىَّ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰ لَكُمُ ٱلدِّينَ فَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَأَنتُم مُّسْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ibrohim o`sha(millat)ni bolalariga vasiyat qildi. Ya'qub ham: «Ey bolalarim, albatta, Alloh sizlarga dinni tanladi, sizlar musulmon bo`lmasdan turib o`lmassiz», – dedi.Иброҳим ўша(миллат)ни болаларига васият қилди. Яъқуб ҳам: «Эй болаларим, албатта, Аллоҳ сизларга динни танлади, сизлар мусулмон бўлмасдан туриб ўлмассиз», – деди.Alauddin Mansour: Ibrohim, u bilan birga Yaʼqub ham bolalariga shu dinni vasiyat qilib dedilar: «Oʻgʻillarim, albatta Alloh siz uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmon boʻlgan holingizdagina dunyodan oʻting!»Иброҳим, у билан бирга Яъқуб ҳам болаларига шу динни васият қилиб дедилар: «Ўғилларим, албатта Аллоҳ сиз учун шу динни танлади. Бас, мусулмон бўлган ҳолингиздагина дунёдан ўтинг!»
Ibrohim alayhissalom va u kishining nabiralari Yaʼqub alay- hissalom ham oʻz farzandlariga vasiyat qilib:
«Ey bolalarim, albatta, Alloh sizlarga dinni tanladi»,– dedilar. Demak, bu din–Alloh ixtiyor qilgan din. Boshqa narsaga yuz tutishga oʻrin yoʻq.
«...sizlar musulmon boʻlmasdan turib oʻlmaysiz», – dedi».
Musulmon boʻlib yashab, musulmon boʻlib oʻlishga harakat qilishdan boshqa yoʻl yoʻq.
Ibrohim alayhissalomning merosxoʻrimiz, deyayotgan arab mushriklari va Yaʼqub alayhissalomning farzandlari–Bani Isroil nimaga boshqa yoqda yuribdilar?!