QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят133

أَمْ كُنتُمْ شُهَدَآءَ إِذْ حَضَرَ يَعْقُوبَ ٱلْمَوْتُ إِذْ قَالَ لِبَنِيهِ مَا تَعْبُدُونَ مِنۢ بَعْدِى قَالُوا۟ نَعْبُدُ إِلَـٰهَكَ وَإِلَـٰهَ ءَابَآئِكَ إِبْرَٰهِـۧمَ وَإِسْمَـٰعِيلَ وَإِسْحَـٰقَ إِلَـٰهًا وَٰحِدًا وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki Ya'qubga o`lim hozir bo`lib, u o`z bolalariga: «Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?» deganida, ular: «Sening Ilohingga va otalaring Ibrohim, Ismoil va Is'hoqning Ilohiga, yolg`iz Ilohga ibodat qilamiz hamda biz Unga musulmon bo`luvchimiz», deganlarida guvoh bo`lganmisiz?!Ёки Яъқубга ўлим ҳозир бўлиб, у ўз болаларига: «Мендан кейин нимага ибодат қиласизлар?» деганида, улар: «Сенинг Илоҳингга ва оталаринг Иброҳим, Исмоил ва Исҳоқнинг Илоҳига, ёлғиз Илоҳга ибодат қиламиз ҳамда биз Унга мусулмон бўлувчимиз», деганларида гувоҳ бўлганмисиз?!Alauddin Mansour: (Ey yahudiylar), yoki Yaʼqubga oʻlim kelgach, u oʻgʻillariga: «Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?», deganida: «Sening Allohng va otalaring Ibrohim, Ismoil va Ishoqlarning Alloh boʻlmish yagona Allohga ibodat qilamiz va bizlar faqat Uning Oʻzigagina boʻyinsunuvchilarmiz», deb javob qilganlariga guvoh boʻlganmisizlar?(Эй яҳудийлар), ёки Яъқубга ўлим келгач, у ўғилларига: «Мендан кейин нимага ибодат қиласизлар?», деганида: «Сенинг Аллоҳнг ва оталаринг Иброҳим, Исмоил ва Исҳоқларнинг Аллоҳ бўлмиш ягона Аллоҳга ибодат қиламиз ва бизлар фақат Унинг Ўзигагина бўйинсунувчилармиз», деб жавоб қилганларига гувоҳ бўлганмисизлар?

20-sahifa · 1-juz · 2-hizb20-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиكُنتُمْboʻlganmisizбўлганмисизشُهَدَآءَguvohгувоҳإِذْqachonkiқачонкиحَضَرَhozir boʻldiҳозир бўлдиيَعْقُوبَYaʼqubgaЯъқубгаٱلْمَوْتُoʻlimўлимإِذْqachonkiқачонкиقَالَdediдедиلِبَنِيهِbolalarigaболаларигаمَاnimagaнимагаتَعْبُدُونَibodat qilasizlarибодат қиласизларمِنۢ-dan-данبَعْدِىmendan keyinмендан кейинقَالُوا۟dedilarдедиларنَعْبُدُibodat qilamizибодат қиламизإِلَـٰهَكَilohinggaилоҳинггаوَإِلَـٰهَva ilohigaва илоҳигаءَابَآئِكَotalaringоталарингإِبْرَٰهِـۧمَIbrohimИброҳимوَإِسْمَـٰعِيلَva Ismoilва Исмоилوَإِسْحَـٰقَva Ishoqва Исҳоқإِلَـٰهًۭاilohgaилоҳгаوَٰحِدًۭاyolgʻizёлғизوَنَحْنُva bizва бизلَهُۥUngaУнгаمُسْلِمُونَmusulmonlarmizмусулмонлармиз
TafsirТафсир

Yaʼqub alayhissalomga oʻlim vaqti yetganda atroflarida vidolashish uchun yigʻilib, jimgina bosh egib turgan avlodlariga vasiyat qilib:

«Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?»–deb soʻradilar. Oʻlimdan avval u zotning fikrlarini ishgʻol qilib turgan birdan- bir tashvish dinu diyonat, aqiyda tashvishi edi. Bolalarini shuning uchun atroflariga toʻpladilar. Ushbu masalada xotirlarini jam qilib ketmoqchi edilar. Bolalarining ham javoblari tayyor ekan. Darhol:

«ular: «Sening Ilohingga va otalaring Ibrohim, Ismoil va Ishoqlarning Ilohiga, yolgʻiz Ilohga ibodat qilamiz hamda biz Unga musulmon boʻluvchimiz»,–deyishdi.

Ismoil alayhissalom Yaʼqub alayhissalomga amaki boʻlsalar ham, ota deyishdi, chunki amaki ham gohida ota oʻrnida hisoblanadi.

Ular, yolgʻiz ilohga ibodat qilamiz, deyishdi. Bani Isroilga oʻxshab, «Uzayr Allohning oʻgʻli», deb xudoga shirk keltirmadilar. Nasroniylarga oʻxshab, «Iyso Allohning oʻgʻli» yoki «Alloh uchtaning uchinchisi», demadilar. Arab mushriklariga oʻxshab, Lot, Uzzo va boshqa butlarni Allohga sherik qilishmadi yoki «farishtalar Allohning qizlari» demadilar. Ham boshqa dinlarni emas, aynan Islomni aytdilar, biz Unga musulmon boʻluvchimiz, - dedilar.