QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят155

وَلَنَبْلُوَنَّكُم بِشَىْءٍ مِّنَ ٱلْخَوْفِ وَٱلْجُوعِ وَنَقْصٍ مِّنَ ٱلْأَمْوَٰلِ وَٱلْأَنفُسِ وَٱلثَّمَرَٰتِ ۗ وَبَشِّرِ ٱلصَّـٰبِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albata, Biz sizlarni bir oz qo`rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber.Албата, Биз сизларни бир оз қўрқинч ва очлик билан, мол-мулкка, жонга, меваларга нуқсон етказиш билан синаймиз. Ва сабрлиларга башорат бер.Alauddin Mansour: Va albatta, Biz sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Sabrli kishilarga xushxabar bering!Ва албатта, Биз сизларни хавфу хатар, очлик, молу жон ва мева-чеваларни камайтириш каби нарсалар билан имтиҳон қиламиз. Сабрли кишиларга хушхабар беринг!

24-sahifa · 2-juz · 3-hizb24-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَنَبْلُوَنَّكُمva albatta sizni sinaymizва албатта сизни синаймизبِشَىْءٍۢbir oz narsa ilaбир оз нарса илаمِّنَ-dan-данٱلْخَوْفِqoʻrqinchқўрқинчوَٱلْجُوعِva ochlikва очликوَنَقْصٍۢva nuqsonва нуқсонمِّنَ-dan-данٱلْأَمْوَٰلِmol-mulkмол-мулкوَٱلْأَنفُسِva jonlarва жонларوَٱلثَّمَرَٰتِ ۗva mevalarва меваларوَبَشِّرِva bashorat berва башорат берٱلصَّـٰبِرِينَsabrlilargaсабрлиларга
TafsirТафсир

Katta masʼuliyat qiyinchiliklarini koʻtara olish uchun turli sinovlardan oʻtish kerak. Qiyinchiliklarda, sinovlarda odam toblanadi. Ushbu oyatda oʻsha sinovlardan baʼzilari sanalgandir.

«Albata, Biz sizlarni bir oz qoʻrqinch va ochlik bilan, mol- mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz».

«Qoʻrqinch» deganda dushmandan boʻladigan xavf-xatar tuygʻusi tushuniladi. Qahatchilik yoki boshqa sabablardan kelib chiqadigan ocharchilik ham Alloh taoloning bir navi sinovidir. Shuningdek, mol-mulkka: oʻgʻri olishi, ofat yetishi yoki zolimlarning tajovuzi tufayli nuqson yetkazib; jonga: turli xastaliklar bilan, yaqin kishilarning, yor-birodar va sheriklarning oʻlimi, kasalligi bilan nuqson yetkazib; mevalarga: ofat yetkazish, barakasini ketkazish bilan nuqson yetkazish ila sinab koʻramiz, deydi Alloh taolo. Boshga shunday sinov kelgan, musiybat yetgan banda nima qilsa yaxshi boʻladi? Bu haqda Alloh taolo Paygʻambari Muhammad alayhissalomga xitob qilib koʻrsatma bermoqda:

«Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musiybat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar».

Demak, musiybat yetganda musulmon kishi sabrli boʻlishi va Janobi Haqning Oʻzi oʻrgatgan duoni qilishi kerak. Bu duo Qurʼon tilida:

«Innaa lillahi va innaa ilayhi rojiʼuun», deb talaffuz etiladi. Buni aytishni qisqacha «istirjoʼ» deyiladi. Eʼtibor qilinsa, istirjoʼda ulkan maʼno yotibdi.

«Albatta, biz Allohnikimiz», yaʼni, barchamiz, bor-budimiz Allohniki, haqiqiy ega Uning Oʻzi. Nimani, qachon, qanday tasarruf qilishni Oʻzi biladi.

«Va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», yaʼni, ertami-kechmi, baribir, Unga qaytishimiz bor. Bizga yetib turgan musiybat ham Uning Oʻzidan. Biz sabr qilishimiz lozim va shunday qilamiz ham. Shu bois, istirjoʼga koʻp-koʻp savoblar vaʼda qilingan.

Imom Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Ummu Salama onamiz deydilarki:

«Bir kuni Abu Salama Paygʻambarimiz alayhissalomning huzurlaridan keldi-da, Paygʻambar alayhissalomdan bir gap eshitib juda xursand boʻldim, u kishi:

«Musulmonlardan biriga musiybat yetganda istirjoʼ aytsa va soʻngra «Allahumma ajirni fi musiybati vaxluf li xoyromminha» (maʼnosi: ey Alloh, menga musiybatimda ajr bergin va uning oʻrniga yaxshirogʻini bergin) desa, aytgani boʻladi», dedilar, deb aytdi. Bularni men yodlab oldim. Abu Salama vafot etganida, istirjoʼ aytdim va haligi duoni oʻqidim. Soʻngra, oʻzimcha, menga Abu Salamadan yaxshiroq er qayda, dedim.

Iddam chiqqandan soʻng Rasululloh kelib kirishga izn soʻradilar. Teri oshlab oʻtirgan edim, qoʻlimni yuvib, kirishlariga izn berdim. U kishiga ichiga xurmoning yumshoq qobigʻi toʻlatilgan teri yostiq berdim. Oʻtirganlaridan soʻng, menga uylanmoqchi ekanliklarini aytdilar. U kishi gaplarini tugatgach, men:

«Ey, Allohning Rasuli, sizga ragʻbat qilmasligim mumkin emas, lekin men juda rashkchi ayolman, sizga yoqmaydigan narsa mendan sodir boʻlib, Allohning azobiga duchor boʻlmay, deb qoʻrqaman. Soʻngra, yoshim katta boʻlib qoldi, buning ustiga, bolalarim bor»,–dedim. Rasululloh alayhissalom:

«Sen aytgan rashkni Alloh tezda ketkazadi. Yosh toʻgʻrida gapirsang, mening ham yoshim bir yerga borib qoldi. Bolalaring boʻlsa, ular mening ham bolalarim»,–dedilar... Alloh menga Abu Salamaning oʻrniga undan yaxshi zotni–Rasulullohni berdi».

Imom Termiziy Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Alloh taolo: «Ey, oʻlim farishtasi, sen bandam farzandining, koʻzi qorachigʻining, qalbi samarasining jonini oldingmi»,–deydi. Farishta, ha, deydi. Alloh, u nima dedi, deb soʻraydi. Farishta, senga hamd va istirjoʼ aytdi, deydi. Shunda Alloh taolo, jannatda unga bir uy bino qilinglar va «Hamd uyi» deb nomlanglar, deydi», deganlar.

Boshqa bir hadisi sharifda Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Birortangizning oyoq kiyimi ipi uzilsa ham, istirjoʼ aytsin», deydilar.

Demak, kattayu kichik har bir koʻngilsiz hodisada sabr kerak. Koʻzining qorachigʻi, jigarbandi, bolasi oʻlganda ham, oyoq kiyimining ipi uzilganda ham. Musiybat yetgandan keyin darhol istirjoʼ aytib, sabr qilish kerak, hamma narsa Allohniki va bari Allohga qaytadi, degan eʼtiqodni mahkam tutish kerak.

Yuqorida zikr etilgan mashaqqatlarning, shahidlikning, Alloh yoʻlida qatl etilishning, xavfu xatarga, ochlikka uchrashning, molu jonga va mevalarga nuqson yetib zarar koʻrishlarning va ularga sabr qilib, istirjoʼni aytib, uning maʼnosini aqiyda etib yashashning mukofoti kelasi oyatda zikr qilinadi: