QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят154

وَلَا تَقُولُوا۟ لِمَن يُقْتَلُ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أَمْوَٰتٌۢ ۚ بَلْ أَحْيَآءٌ وَلَـٰكِن لَّا تَشْعُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning yo`lida qatl bo`lganlarni «o`liklar» demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz.Аллоҳнинг йўлида қатл бўлганларни «ўликлар» деманг. Балки улар тирикдирлар, лекин сиз сезмассиз.Alauddin Mansour: Va Alloh yoʻlida halok boʻlgan shahidlar haqida: «Bular oʻliklar», demangiz! Yoʻq, ular tiriklardir, lekin sizlar sezmaysizlar.Ва Аллоҳ йўлида ҳалок бўлган шаҳидлар ҳақида: «Булар ўликлар», демангиз! Йўқ, улар тириклардир, лекин сизлар сезмайсизлар.

24-sahifa · 2-juz · 3-hizb24-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاvaваتَقُولُوا۟demanglarдемангларلِمَنkimlarkiкимларкиيُقْتَلُqatl boʻlganlarniқатл бўлганларниفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингأَمْوَٰتٌۢ ۚoʻliklarўликларبَلْbalkiбалкиأَحْيَآءٌۭtirikdirlarтирикдирларوَلَـٰكِنva lekinва лекинلَّاemasэмасتَشْعُرُونَsezasizlarсезасизлар
TafsirТафсир

Moʻmin-musulmonlardan baʼzilari Alloh yoʻlida, uning soʻzini Oʻzi munosib boʻlgan oliy maqomga yetkazish uchun, haq dinini boshqa botil va buzilgan dinlardan ustunlikka erishtirish uchun boʻlgan harakatlarda qatl etiladilar. Shunda ular odamlar koʻzida goʻyo oʻladilar. Ammo Alloh taolo ushbu oyatda ularni oʻliklar demaslikka amr qilmoqda.

«Allohning yoʻlida qatl boʻlganlarni «oʻliklar» demang».

Demak, ularning oʻlimi zohiriy oʻlim, boshqa odamlarning koʻziga oʻlim boʻlib koʻrinadi, xolos.

«Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz».

Aslida, ushbu oyatda taʼkidlanganidek, ular tirikdirlar, ammo ularning tirikliklarini biz sezmaymiz. Ularning hayotligini Allohning Oʻzi biladi. Chunki inson hayot va oʻlimning haqiqatini anglab yetishi mumkin emas. U zohirga qarab, harakatdagini «hayot», harakatsizini «oʻlik» deb hukm chiqaraveradi. Ammo shahidlarni, Allohning yoʻlida jonini qurbon qilganlarni Alloh tirik deyaptimi, demak, ular tirik boʻladilar. Shuning uchun ham, ularni bosh- qa oʻliklar singari yuvilmaydi. Chunki oʻlik badanini poklash uchun yuviladi. Shahidlar oʻzlari pok, ular tirikdirlar. Ham shahidlarga oʻliklarning kiyimi–kafan kiydirilmaydi, qaysi kiyimda shahid boʻlsalar, oʻshanda dafn etiladilar.

Shahidlik oliy maqom, unga erishish oson emas. Urushga kirgan hamma ham shahid boʻlavermaydi.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharif bu masalani oydinlatadi. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomdan:

«Shijoat bilan urushga kirgan odam Allohning yoʻlida urushgan boʻladimi, tarafkashlik uchunmi yoki riyo uchunmi?» deb soʻralganda, u zoti bobarakot: «Kim Allohning soʻzi oliy boʻlishi uchun urushga kirsa, Allohning yoʻlida urushgan boʻladi», deganlar.

Shahidlikning oliy maqomligi, shahidlarga beriladigan martabalar haqida koʻplab hadislar kelgan. Misol tariqasida bittasini keltiramiz.

Hazrati Anas roziyallohu anhudan rivoyat etilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom:

«Shahiddan boshqa jannatga kirganlardan birorta odam qaytib chiqqisi kelmaydi. Unga yer yuzida hech narsa yoʻq. Shahid boʻlsa, jannatda koʻrgan ehtirom va ikromdan soʻng, yana dunyoga qaytib oʻn marta oʻldirilishini orzu qiladi», deganlar.