QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят153

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱسْتَعِينُوا۟ بِٱلصَّبْرِ وَٱلصَّلَوٰةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلصَّـٰبِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad so`ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir.Эй, иймон келтирганлар! Сабр ва намоз ила мадад сўранглар. Албатта, Аллоҳ сабрлилар биландир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, sabr qilish va namoz oʻqish bilan (Allohdan) madad soʻranglar! Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir.Эй мўминлар, сабр қилиш ва намоз ўқиш билан (Аллоҳдан) мадад сўранглар! Албатта, Аллоҳ сабр қилгувчилар билан биргадир.

23-sahifa · 2-juz · 3-hizb23-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَkishilarкишиларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганٱسْتَعِينُوا۟madad soʻranglarмадад сўрангларبِٱلصَّبْرِsabr ilaсабр илаوَٱلصَّلَوٰةِ ۚva namozва намозإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳمَعَbilanбиланٱلصَّـٰبِرِينَsabrlilarсабрлилар
TafsirТафсир

Islom ummatiga Alloh taolo ulkan masʼuliyatni–butun dunyoni ilohiy yoʻlga daʼvat etishni yuklagan. Bu juda ham mashaqqatli ish. Bunday ulkan masʼuliyatni ado etish uchun kamida shunday ulkan sabr kerak boʻladi. Shu bois, Alloh ushbu oyatda moʻmin bandalarini sabr-toqatga chaqirmoqda.

Qurʼoni Karimda sabrga daʼvat koʻp takrorlanadi. Chunki, Allohga toatda ham, gunohdan saqlanish, yoʻldagi toʻsiqlarni yengish uchun ham, zaiflik kelib qolganda ham, havoi nafsni jilovlash uchun ham sabr kerak va hokazo. Oʻtgan ulamolarimizdan birlari sabrni umumiy tarzda uchga boʻlganlar:

Birinchisi: Alloh harom qilgan narsalardan va gunohlardan saqlanishga sabr.

Ikkinchisi: toat va qurbat hosil qilish uchun sabr.

Uchinchisi: yetadigan musiybat va qiyinchiliklarga sabr.

Demak, moʻmin-musulmon banda mazkur qiyinchiliklarni yengish uchun katta miqdordagi sabrga ega boʻlishi kerak. Ammo hamma narsaning chegarasi boʻlganidek, gohida sabr ham tugashi, susayishi mumkin, bunday holatda namoz yordamga keladi. Namoz bitmas-tuganmas yordamchi, kuchga-kuch, quvvatga-quvvat baxsh etuvchi, qalbga madad beruvchi, sabrga-sabr qoʻshuvchi, sokinlik va xotirjamlik manbaidir. U ojiz, zaif odamni quvvat va yordamning asl manbai boʻlmish Alloh taologa bogʻlovchi vositadir. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom qachon bir ishdan tashvishga tushsalar, namoz oʻqishga shoshilar edilar. Shu bois, Alloh taolo qi-yinchilik va mashaqqatlar ostonasida turgan Islom ummatini sabrga va namozga chaqirmoqda. Va ortidan:

«Albatta, Alloh sabrlilar bilandir», deb taʼkidlamoqda.

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissolatu vassallom hadislaridan birida:

«Moʻminning ishi ajoyib, Alloh unga nimani qazo qilsa ham, yaxshilik boʻladi. Xursandlik yetsa, shukr qiladi–yaxshi boʻladi. Musiybat yetsa, sabr qiladi–yaxshi boʻladi», deganlar.

Imom Termiziy rivoyat qilgan boshqa bir hadisda, odamlarga aralashib, ularning ozorlariga sabr qilgan musulmon ularga aralashmaydigan va ozorlariga sabr qilmaydigan musulmondan yaxshidir, deganlar.

Madiynai Munavvarada Paygʻambar alayhissalom atroflarida birikib, alohida xususiyatlariga ega boʻlgan jamiyat qurgan musulmonlar oʻzlariga yetgan ulugʻ neʼmatni–Allohning dinini, Islomni dunyoga tarqatish uchun uzoq va mashaqqatli kurash oldida turganliklari eʼtiboridan Qurʼoni Karim ularni bu ishga ruhiy- maʼnaviy tomondan tayyorlash uchun boʻlgʻusi qiyinchiliklarga qanday munosabat etish yoʻllarini koʻrsatadi.