فَٱذْكُرُونِىٓ أَذْكُرْكُمْ وَٱشْكُرُوا۟ لِى وَلَا تَكْفُرُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Meni eslangiz, sizni eslarman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz.Бас, Мени эслангиз, сизни эсларман. Ва Менга шукр қилингиз, куфр қилмангиз.Alauddin Mansour: Bas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilingiz va Menga kufr keltirmangiz!Бас, Мени эслангиз, Мен ҳам сизларни эслайман ва Менга шукр қилингиз ва Менга куфр келтирмангиз!
Ushbu oyat oʻzi qisqa boʻlishiga qaramay, olam-olam maʼno kasb etadi. Alloh taolo Oʻzi yaratgan, hayot va rizq hamda boshqa kerakli narsalarni bergan bandalariga:
«Meni eslangiz», demoqda.
Xoʻsh, Alloh bu ojiz bandalarining eslashiga muhtojmi? Yoʻq, u behojat Zot. Hamma muhtojlik bandalarda. Lekin bu amr bandalarga yaxshilik yetishi uchundir. Ular Allohni zikr qilib eslashlari ila Alloh taolo ularni zikr qilishiga, eslashiga erishadilar. Ammo zikr bilan zikrning farqi bor, albatta. Hech narsaga arzimaydigan ojiz bandaning eslashi qayda-yu, olamlarning Parvardigori boʻlgan Alloh taoloning eslashi qayda! Banda qanday, qachon va qayerda eslaydi? Alloh-chi?
Imom Buxoriy Paygʻambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Alloh taolo:
«Ey odam bolasi! Agar Meni oʻzing eslasang, Men ham seni Oʻzim eslayman, agar koʻpchilik ichida eslasang, Men seni farishtalar ichida eslayman», degan.
«Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz».
Shukr qilish neʼmat beruvchi Zotga maqtov soʻzlarini aytish va neʼmatni uni bergan Zotning roziligi uchun ishlatish bilan boʻladi. Ammo, tili bilan shukr desa-yu, amali bilan Allohning aytganidan boshqani qilsa, kufroni neʼmat qilgan boʻladi. Moʻmin-musulmon doimo Allohni zikr etib, unga shukr qilgandagina, ishi olgʻa bosadi.
Endi keladigan oyatlarda zikr, shukr va kufrning turli holatlari bayon qilinadi: