QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят151

كَمَآ أَرْسَلْنَا فِيكُمْ رَسُولًا مِّنكُمْ يَتْلُوا۟ عَلَيْكُمْ ءَايَـٰتِنَا وَيُزَكِّيكُمْ وَيُعَلِّمُكُمُ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَيُعَلِّمُكُم مَّا لَمْ تَكُونُوا۟ تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shuningdek, ichingizga o`zingizdan, sizlarga oyatlarimizni tilovat qiladigan, sizlarni poklaydigan, sizlarga kitobni, hikmatni va bilmaydigan narsalaringizni o`rgatadigan Payg`ambar yubordik.Шунингдек, ичингизга ўзингиздан, сизларга оятларимизни тиловат қиладиган, сизларни поклайдиган, сизларга китобни, ҳикматни ва билмайдиган нарсаларингизни ўргатадиган Пайғамбар юбордик.Alauddin Mansour: Shuningdek, sizlarga oʻzlaringizdan boʻlgan, sizlarga Bizning oyatlarimizni tilovat qiladigan, sizlarni poklaydigan, sizlarga Kitob va Hikmatni (Qurʼon va Hadisni) oʻrgatadigan va bilmagan narsalaringizni bildirgan bir Paygʻambar yubordik.Шунингдек, сизларга ўзларингиздан бўлган, сизларга Бизнинг оятларимизни тиловат қиладиган, сизларни поклайдиган, сизларга Китоб ва Ҳикматни (Қуръон ва Ҳадисни) ўргатадиган ва билмаган нарсаларингизни билдирган бир Пайғамбар юбордик.

23-sahifa · 2-juz · 3-hizb23-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَمَآshuningdekшунингдекأَرْسَلْنَاyubordikюбордикفِيكُمْichingizgaичингизгаرَسُولًۭاPaygʻambarПайғамбарمِّنكُمْoʻzingizdanўзингизданيَتْلُوا۟tilovat qiladiganтиловат қиладиганعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаءَايَـٰتِنَاoyatlarimizniоятларимизниوَيُزَكِّيكُمْva sizlarni poklaydiganва сизларни поклайдиганوَيُعَلِّمُكُمُva oʻrgatadiganва ўргатадиганٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَٱلْحِكْمَةَva hikmatniва ҳикматниوَيُعَلِّمُكُمva oʻrgatadiganва ўргатадиганمَّاnarsalarniнарсаларниلَمْemasэмасتَكُونُوا۟sizlar edingizсизлар эдингизتَعْلَمُونَbilmaydiganбилмайдиган
TafsirТафсир

Eʼtibor qilinsa, ushbu oyatda Baytullohni bino qilayotganlarida Ibrohim alayhissalom qilgan duoning aynan oʻzi kelmoqda. Demak, oʻsha mashhur duoni ijobat etib, Muhammad alayhissalomni Paygʻambar qilib yuborish ham Kaʼbai Muazzamani qibla qilishdan oldingi ulugʻ neʼmat hisoblanar ekan.

Oyati karimada:

«Shuningdek, ichingizga oʻzingizdan... Paygʻambar yubordik», deyilishi musulmon ummati uchun katta baxt hisoblanadi. Oyatdagi vasf shundayki, xuddi Alloh taolo musulmonlar bilan alohida qolib, ularga oʻzi bergan neʼmatlar, fazllarni birma-bir sanab berayotganga oʻxshaydi:

Birinchidan, oʻzingizdan tanlab Paygʻambar yubordim.

Ikkinchidan, u Paygʻambar sizlarga oyatlarimni tilovat qilib beradi.

Uchinchidan, sizlarni poklaydi. Alloh iroda qilmasa, sizlarni kim poklashi mumkin edi, axir!

Toʻrtinchidan, u Paygʻambar sizlarga kitobni–Qurʼonni oʻrgatadi.

Beshinchidan, hikmatni oʻrgatadi.

Oltinchidan, bilmaydigan narsalaringizni oʻrgatadi.

Mazkur ishlarning barchasi Allohning ulugʻ neʼmatlaridir. Allohdan boshqa hech kim bunday neʼmatlarni ato eta olmaydi.