وَمِنْ حَيْثُ خَرَجْتَ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ۚ وَحَيْثُ مَا كُنتُمْ فَوَلُّوا۟ وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُۥ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَيْكُمْ حُجَّةٌ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْهُمْ فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَٱخْشَوْنِى وَلِأُتِمَّ نِعْمَتِى عَلَيْكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qayerda bo`lsangiz ham, yuzingizni u tomonga buring. Odamlarda sizga qarshi hujjat bo`lmasligi uchun. Ulardan zulm qilganlaridan qo`rqmanglar, Mendan qo`rqinglar. Va sizga ne'matimni batamom etish uchun, shoyadki, hidoyat topsangiz.Ва қаердан чиқсанг ҳам, юзингни Масжидул Ҳаром томон бур. Қаерда бўлсангиз ҳам, юзингизни у томонга буринг. Одамларда сизга қарши ҳужжат бўлмаслиги учун. Улардан зулм қилганларидан қўрқманглар, Мендан қўрқинглар. Ва сизга неъматимни батамом этиш учун, шоядки, ҳидоят топсангиз.Alauddin Mansour: Qaysi tarafdan chiqsangiz, yuzingizni Masjidul-Harom tomonga buring! (Ey moʻminlar), qayerda boʻlsangizlar, yuzlaringizni oʻsha tomonga buringiz! Toki (ayrim) odamlar uchun sizlarning ustingizda hujjat boʻlib qolmasin. Lekin ularning ichida zulm qilguvchilar ham borki, sizlar ulardan qoʻrqmangiz. Mendan qoʻrqingiz! Va toki sizlarga neʼmatimni komil qilib berishim va hidoyat topishingiz uchun shunday qilingiz.Қайси тарафдан чиқсангиз, юзингизни Масжидул-Ҳаром томонга буринг! (Эй мўминлар), қаерда бўлсангизлар, юзларингизни ўша томонга бурингиз! Токи (айрим) одамлар учун сизларнинг устингизда ҳужжат бўлиб қолмасин. Лекин уларнинг ичида зулм қилгувчилар ҳам борки, сизлар улардан қўрқмангиз. Мендан қўрқингиз! Ва токи сизларга неъматимни комил қилиб беришим ва ҳидоят топишингиз учун шундай қилингиз.
Ushbu oyatning ilk jumlasidagi amr–
«Va qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur»–
Paygʻambar alayhissalomga taalluqli boʻlsa, keyin Islom ummatiga, musulmonlarga xitob qilinib:
«Qayerda boʻlsangiz ham, yuzingizni u tomonga buring», deb buyurilmoqda. Keyin esa, bu ishning hikmati bayon qilinmoqda:
«Odamlarda sizga qarshi hujjat boʻlmasligi uchun».
Agar qibla Kaʼbaga qaratilmaganda, odamlar orasida Islomga, musulmonlarga qarshi turli-tuman gap-soʻzlar, hujjat va dalillar koʻpayar edi. Paygʻambar alayhissalom va musulmonlar qayerda boʻlsalar ham, yuzlarini Masjidul Haromga–Kaʼbai Muazzamaga oʻgirsalar, bu muqaddas joyning sobit qibla boʻlib qolganligi dushmanlarning ogʻzini berkitadi, hujjatlarini yoʻqqa chiqaradi. Shunda ham yana dushmanlikda davom etaveradiganlari, albatta, zolimlardan boʻladi. Alloh musulmonlarni ogohlantirib demoqdaki,
«Ulardan zulm qilganlaridan qoʻrqmanglar, Mendan qoʻrqinglar».
Yaʼni, ularning orasida zulm qiladiganlari bor, ammo ulardan qoʻrqmanglar, Mendan qoʻrqinglar. Ular ham ojiz bir bandadirlar, u zolimlardan qoʻrqib, Allohning aytganini tark qilish kerak emas. Yolgʻiz Allohning Oʻzidan qoʻrqish kerak. Hamma ish Uning qoʻlida.
Zolimlarning hech narsaga arzimasligi, Alloh taolodangina qoʻrqish zarurligi taʼkidlangandan soʻng, bu ishlar barchasi Allohdan bir neʼmat ekaniga ishorat etiladi. Neʼmatni tugal ado etish xabari ila Alloh taolo umidvorlikni yanada oʻstiradi:
«Va sizga neʼmatimni batamom etish uchun, shoyadki, hidoyat topsangiz».
Kelgusi oyat Alloh bergan neʼmatlar ichida eng ulugʻlaridan birini eslatadi: