QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят157

أُو۟لَـٰٓئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَٰتٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ ۖ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُهْتَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarga Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o`shalar hidoyat topganlardir.Ана ўшаларга Роббиларидан саловотлар ва раҳмат бор. Ана ўшалар ҳидоят топганлардир.Alauddin Mansour: Ana oʻshalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (magʻfirat) va rahmat bordur. Ana oʻshalar haq yoʻlni topguvchilardir.Ана ўшаларга Парвардигорлари томонидан саловот (мағфират) ва раҳмат бордур. Ана ўшалар ҳақ йўлни топгувчилардир.

24-sahifa · 2-juz · 3-hizb24-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalargaана ўшаларгаعَلَيْهِمْulargaуларгаصَلَوَٰتٌۭsalovatlarсаловатларمِّن-dan-данرَّبِّهِمْRobbilaridanРоббилариданوَرَحْمَةٌۭ ۖva rahmatва раҳматوَأُو۟لَـٰٓئِكَva ana oʻshalarва ана ўшаларهُمُularуларٱلْمُهْتَدُونَhidoyat topganlardirҳидоят топганлардир
TafsirТафсир

Bu ulkan tarbiyaning yorqin misolidir. Shuncha sinov va mashaqqatlarga mukofot qilib gʻalaba, nusrat va boshqa narsalar emas, Allohning salovotlari, mehri, shafqati hamda rahmati vaʼda qilinmoqda! Shuning uchun, moʻminlar doimo Allohning roziligini koʻzlab ish qilishlari lozim boʻladi. Bu dunyoda hosil boʻladigan baʼzi bir natijalar oxirgi maqsad boʻlib qolmasligi kerak. Hatto aqiydaning gʻolib kelishi ham yuqorida aytilgan mukofotning oʻrnini bosa olmaydi.

Kelasi oyatda Alloh taoloning zikri, ibodati, yaʼni, «saʼyi» haqida soʻz ketadi. Bu ham sabr-chidam talab qiladigan ibodatdir.

Johiliyat paytida Safo tepaligiga «Asof» nomli, Marva tepaligiga «Noila» nomli butlar qoʻyilgan boʻlib, odamlar saʼyi qilib borib, oʻsha yerga yetganlarida ularni ulugʻlashar edi. Islom dini kelib shirkka qarshi oʻt ochganda, yangi musulmonlar Safo va Marva oʻrtasida saʼyi qilish ham shirk ishlardan deb oʻylab, saʼyi qilmay qoʻydilar. Alloh taolo bu tasavvurni toʻgʻrilab, haqiqatni bayon etib, ushbu oyatni nozil qildi: