إِنَّمَا يَأْمُرُكُم بِٱلسُّوٓءِ وَٱلْفَحْشَآءِ وَأَن تَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, u sizlarni yomon va fahsh ishlarga hamda Allohga qarshi bilmagan narsangizni gapirishingizga buyuradir.Албатта, у сизларни ёмон ва фаҳш ишларга ҳамда Аллоҳга қарши билмаган нарсангизни гапиришингизга буюрадир.Alauddin Mansour: U sizlarni faqat yomonlik va buzuqlikka va Alloh shaʼnida bilmagan narsalaringizni gapirishga buyuradi, xolos.У сизларни фақат ёмонлик ва бузуқликка ва Аллоҳ шаънида билмаган нарсаларингизни гапиришга буюради, холос.
Alloh taolo oʻtgan oyatda «Ey, odamlar!» deb boshlagan ommaviy nidosini bu oyatda davom ettirib, shaytonning odamlarga dushmanligidan uch xilini eslatmoqda:
«Albatta, u sizlarni...» Yaʼni, shayton sizlarni...
«yomon»–nima yomon narsa boʻlsa, shariatda «yomon» deyilgan, urfda «yomon» deyilgan va aql ham «yomon» deydigan ishlarga buyuradi. Yana u sizlarni
«fahsh»–uyat, ayb ishlarga buyuradi.
«hamda Allohga qarshi bilmagan narsangizni gapirishingizga buyuradir».
Alloh taologa, Uning diniga qarshi oʻzingiz bilmagan narsalarni gapirishga amr qiladi.
Alloh taolo rost aytadi. Darhaqiqat, dinu diyonatsiz, iymonu islomsiz shaxslarning ishlari va gaplariga yaxshilab nazar solgan odam bu haqiqatni darhol tushunib yetadi. Undoq shaxslar shaytonga malay boʻlib qoladilar. Halol bilan haromning farqiga bormaydilar. Dunyodagi barcha yomonliklarni tap tortmay qilaveradilar. Faxsh ishlarni: zino, uyatsizlik va behayolikni oʻzlariga faxr biladilar. Undoq shaxslar Alloh taolo, din va shariat haqida ogʻizlariga kelganini boʻgʻizlariga yutmay gapiraveradilar.