QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят168

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ كُلُوا۟ مِمَّا فِى ٱلْأَرْضِ حَلَـٰلًا طَيِّبًا وَلَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَـٰنِ ۚ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar! Yer yuzidagi narsalardan halol-poklarini yenglar. Va shayton izidan ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir.Эй одамлар! Ер юзидаги нарсалардан ҳалол-покларини енглар. Ва шайтон изидан эргашманглар, чунки у сизларга очиқ душмандир.Alauddin Mansour: Ey odamlar, Yerdagi halol-pok narsalardan yenglar va shaytonning izidan ergashmanglar! Shubhasiz, u sizlarning ochiq dushmaningizdir.Эй одамлар, Ердаги ҳалол-пок нарсалардан енглар ва шайтоннинг изидан эргашманглар! Шубҳасиз, у сизларнинг очиқ душманингиздир.

25-sahifa · 2-juz · 3-hizb25-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّاسُodamlarодамларكُلُوا۟yenglarенгларمِمَّاnarsalardanнарсаларданفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyer yuzidagiер юзидагиحَلَـٰلًۭاhalolҳалолطَيِّبًۭاpoklariniпоклариниوَلَاvaваتَتَّبِعُوا۟ergashmanglarэргашмангларخُطُوَٰتِizidanизиданٱلشَّيْطَـٰنِ ۚshaytonшайтонإِنَّهُۥchunki uчунки уلَكُمْsizlargaсизларгаعَدُوٌّۭdushmandirдушмандирمُّبِينٌochiqочиқ
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo faqat moʻminlarni emas, balki barcha odamlarni halol-pok narsalarni yeyishga daʼvat qilyapti. Alloh taolo yer yuzidagi noz-neʼmatlarni bandalari uchun yaratgan, ularning halol-poklaridan yeyishga umumiy ruxsat bermoqda. Halol- pok neʼmatlarni nomma-nom sanab oʻtirishning hojati yoʻq, ular koʻp. Harom, nopok narsalar juda ham oz, kezi kelganda ularni sanab oʻtiladi.

«Halol» soʻzi lugʻatda «yechilgan» maʼnosini bildiradi. Chunki halol narsadan man qilish tuguni yechilgan boʻladi. Yeydigan narsaning halol boʻlishiga Islom dinida katta ahamiyat beriladi. Jumladan, ushbu oyatda ham bu narsa alohida taʼkidlanmoqda.

Oʻtgan ahli solihlarimizdan Sahl ibn Abdulloh:

«Najot uch narsada–halol yeyish, farzlarni ado etish va Paygʻambar alayhissalomga ergashishdadir», deganlar.

Oyati karimada halol-pok rizqlarni yeyishga zid qilib shaytonning izidan ergashish qoʻyilmoqda. Yaʼni, shaytonning yoʻlida yurganlargina halol-pok yemaydilar, deganidir bu. Shayton insonlarga halol yedirmaslik bilan ularni Allohning itoatidan chiqaradi. Shaytonning yetoviga tushib qolgan nodon inson esa, halol-haromni farqlamay, naqadar ulkan gunoh qilayotganini oʻzi bilmaydi, hatto his etmaydigan darajaga tushadi. Unga haromni yemaslikni nasihat qilsangiz, «Nima boʻpti yesam?» deydi. Mana shu holi uning shayton yetovida ekaniga dalildir.

Kelasi oyat shaytonning dushmanligini yanada kengaytirib tushuntiradi: