QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят167

وَقَالَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوا۟ لَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةً فَنَتَبَرَّأَ مِنْهُمْ كَمَا تَبَرَّءُوا۟ مِنَّا ۗ كَذَٰلِكَ يُرِيهِمُ ٱللَّهُ أَعْمَـٰلَهُمْ حَسَرَٰتٍ عَلَيْهِمْ ۖ وَمَا هُم بِخَـٰرِجِينَ مِنَ ٱلنَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ergashganlar: «Qani endi bizga bir ortga qaytish bo`lsa edi, bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonar edik», derlar. Shunday qilib, Alloh ularga amallarining o`zlariga hasrat bo`lganini ko`rsatur. Va ular do`zaxdan chiquvchi emaslar.Ва эргашганлар: «Қани энди бизга бир ортга қайтиш бўлса эди, биздан тонганларидек, биз ҳам улардан тонар эдик», дерлар. Шундай қилиб, Аллоҳ уларга амалларининг ўзларига ҳасрат бўлганини кўрсатур. Ва улар дўзахдан чиқувчи эмаслар.Alauddin Mansour: Ergashuvchilar: «Qaniydi, yana bir karra (yashashning) iloji boʻlsa-yu, ular bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonsak», deydilar. Shunday qilib, Alloh taolo ularning qilgan amallarini oʻzlariga hasrat-nadomat qilib koʻrsatadi va ular jahannamdan chiquvchi boʻlmaydilar.Эргашувчилар: «Қанийди, яна бир карра (яшашнинг) иложи бўлса-ю, улар биздан тонганларидек, биз ҳам улардан тонсак», дейдилар. Шундай қилиб, Аллоҳ таоло уларнинг қилган амалларини ўзларига ҳасрат-надомат қилиб кўрсатади ва улар жаҳаннамдан чиқувчи бўлмайдилар.

25-sahifa · 2-juz · 3-hizb25-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva derlarва дерларٱلَّذِينَularуларٱتَّبَعُوا۟ergashganlarэргашганларلَوْqani endiқани эндиأَنَّ... sa edi... са эдиلَنَاbizgaбизгаكَرَّةًۭbir ortga qaytishбир ортга қайтишفَنَتَبَرَّأَbas tonar edikбас тонар эдикمِنْهُمْulardanуларданكَمَا... dek... декتَبَرَّءُوا۟tonganlariтонганлариمِنَّا ۗbizdanбизданكَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибيُرِيهِمُularga koʻrsaturуларга кўрсатурٱللَّهُAllohАллоҳأَعْمَـٰلَهُمْamallariniамаллариниحَسَرَٰتٍhasrat boʻlganiniҳасрат бўлганиниعَلَيْهِمْ ۖoʻzlarigaўзларигаوَمَاva emasва эмасهُمularуларبِخَـٰرِجِينَchiquvchidirlarчиқувчидирларمِنَ-dan-данٱلنَّارِdoʻzaxdanдўзахдан
TafsirТафсир

Qiyomatdan bir koʻrinish: hamma oʻzi bilan ovora, birov bilan birovning ishi yoʻq. Peshvolar, boshliqlar, bu dunyoda boshqalarni oʻz ortidan ergashtirib yurganlar oʻzlariga ergashganlardan tonadilar. Ha,

«U paytda peshvolar (oʻzlariga) ergashganlardan tonarlar...»

Chunki oʻzining ishi chatoq boʻlib turganda, boshqaning tashvishi ortiqcha boʻladi ularga.

«va ular azobni koʻrarlar, ularning bogʻlanishlari kesilur».

Azobni koʻrgach, ularning oralaridagi barcha bogʻlanishlar, aloqalar, yaqinliklar kesiladi. Yorugʻ dunyoda Allohga emas, boshliqlariga muhabbat qoʻyib, ularga ergashib, ularning aytganinigina qilganlar ham u paytda itoatkorlikni, peshvolaridan qoʻrqishni yigʻishtirib qoʻyib:

«Qani endi bizga bir ortga qaytish boʻlsa edi, bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonar edik», derlar».

Yaʼni, qani endi, u dunyoga yana bir borgina qaytsak, peshvolarimiz bizdan hozir tonganlaridek, biz ham ulardan tonar edik, deydilar. Lekin buning iloji yoʻq.

«Shunday qilib, Alloh ularga amallarining oʻzlariga hasrat boʻlganini koʻrsatur.»

Yaʼni, Alloh taolo ularga Oʻziga xos ajoyib uslub bilan, oʻzlarining qilgan ishlari oʻzlariga hasrat boʻlib qaytganini koʻrsatadi.

«Va ular doʻzaxdan chiquvchi emaslar.»

Ular endi doʻzax otashida abadiy qolajaklar.

Yuqorida oʻtgan oyatlarda Alloh taolo Oʻzining yagonaligini, yaratuvchiligini, unga shirk keltirganlarga azob muqarrar ekanini bayon qildi, endi kelasi oyatlarda Oʻzining bandalariga rizq beruvchi ekanini, halolu haromning hukmini ham Oʻzi chiqarishini taʼkidlaydi: