QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят166

إِذْ تَبَرَّأَ ٱلَّذِينَ ٱتُّبِعُوا۟ مِنَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوا۟ وَرَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ وَتَقَطَّعَتْ بِهِمُ ٱلْأَسْبَابُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U paytda peshvolar (o`zlariga) ergashganlardan tonarlar va ular azobni ko`rarlar, ularning bog`lanishlari kesilur.У пайтда пешволар (ўзларига) эргашганлардан тонарлар ва улар азобни кўрарлар, уларнинг боғланишлари кесилур.Alauddin Mansour: U kunda peshvolar ergashuvchilardan tonadilar va hammalari azobni (koʻzlari bilan) koʻradilar. (U kunda ularni bogʻlab turadigan) bahonayu sabablar uziladi.У кунда пешволар эргашувчилардан тонадилар ва ҳаммалари азобни (кўзлари билан) кўрадилар. (У кунда уларни боғлаб турадиган) баҳонаю сабаблар узилади.

25-sahifa · 2-juz · 3-hizb25-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْu paytdaу пайтдаتَبَرَّأَtonurlarтонурларٱلَّذِينَpeshvolarпешволарٱتُّبِعُوا۟ergashilganlarэргашилганларمِنَ-dan-данٱلَّذِينَoʻshalarўшаларٱتَّبَعُوا۟ergashganlarэргашганларوَرَأَوُا۟va koʻrurlarва кўрурларٱلْعَذَابَazobniазобниوَتَقَطَّعَتْva kesilurва кесилурبِهِمُularningуларнингٱلْأَسْبَابُbogʻlanishlariбоғланишлари
TafsirТафсир

Qiyomatdan bir koʻrinish: hamma oʻzi bilan ovora, birov bilan birovning ishi yoʻq. Peshvolar, boshliqlar, bu dunyoda boshqalarni oʻz ortidan ergashtirib yurganlar oʻzlariga ergashganlardan tonadilar. Ha,

«U paytda peshvolar (oʻzlariga) ergashganlardan tonarlar...»

Chunki oʻzining ishi chatoq boʻlib turganda, boshqaning tashvishi ortiqcha boʻladi ularga.

«va ular azobni koʻrarlar, ularning bogʻlanishlari kesilur».

Azobni koʻrgach, ularning oralaridagi barcha bogʻlanishlar, aloqalar, yaqinliklar kesiladi. Yorugʻ dunyoda Allohga emas, boshliqlariga muhabbat qoʻyib, ularga ergashib, ularning aytganinigina qilganlar ham u paytda itoatkorlikni, peshvolaridan qoʻrqishni yigʻishtirib qoʻyib:

«Qani endi bizga bir ortga qaytish boʻlsa edi, bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonar edik», derlar».

Yaʼni, qani endi, u dunyoga yana bir borgina qaytsak, peshvolarimiz bizdan hozir tonganlaridek, biz ham ulardan tonar edik, deydilar. Lekin buning iloji yoʻq.

«Shunday qilib, Alloh ularga amallarining oʻzlariga hasrat boʻlganini koʻrsatur.»

Yaʼni, Alloh taolo ularga Oʻziga xos ajoyib uslub bilan, oʻzlarining qilgan ishlari oʻzlariga hasrat boʻlib qaytganini koʻrsatadi.

«Va ular doʻzaxdan chiquvchi emaslar.»

Ular endi doʻzax otashida abadiy qolajaklar.

Yuqorida oʻtgan oyatlarda Alloh taolo Oʻzining yagonaligini, yaratuvchiligini, unga shirk keltirganlarga azob muqarrar ekanini bayon qildi, endi kelasi oyatlarda Oʻzining bandalariga rizq beruvchi ekanini, halolu haromning hukmini ham Oʻzi chiqarishini taʼkidlaydi: