QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят165

وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَتَّخِذُ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَندَادًا يُحِبُّونَهُمْ كَحُبِّ ٱللَّهِ ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَشَدُّ حُبًّا لِّلَّهِ ۗ وَلَوْ يَرَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ إِذْ يَرَوْنَ ٱلْعَذَابَ أَنَّ ٱلْقُوَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا وَأَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعَذَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlar ichida Allohdan o`zga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor. Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir. Zulm qilganlar azobni ko`rgan chog`larida, albatta, barcha quvvat Allohga xosligini va, albatta, Allohning azobi shiddatli ekanini bilsalar edi!Одамлар ичида Аллоҳдан ўзга тенгдошларни тутадиганлар ва уларни Аллоҳни севгандек севадиганлар бор. Иймон келтирганларнинг Аллоҳга муҳаббатлари қаттиқдир. Зулм қилганлар азобни кўрган чоғларида, албатта, барча қувват Аллоҳга хослигини ва, албатта, Аллоҳнинг азоби шиддатли эканини билсалар эди!Alauddin Mansour: Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular oʻzgalarni Allohga teng bilib, ularni Allohni sevgandek sevadilar. Iymonli kishilarning Allohga boʻlgan muhabbatlari qattiqroqdir. Bunday zolimlar azobga roʻbaroʻ boʻladigan zamonlarida (Qiyomat Kunida) butun kuch-qudrat Allohniki boʻlishini va Allohning azobi qattiq azob ekanini bilsalar edi.Одамлар орасида шундай кимсалар борки, улар ўзгаларни Аллоҳга тенг билиб, уларни Аллоҳни севгандек севадилар. Иймонли кишиларнинг Аллоҳга бўлган муҳаббатлари қаттиқроқдир. Бундай золимлар азобга рўбарў бўладиган замонларида (Қиёмат Кунида) бутун куч-қудрат Аллоҳники бўлишини ва Аллоҳнинг азоби қаттиқ азоб эканини билсалар эди.

25-sahifa · 2-juz · 3-hizb25-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنَva ichidaва ичидаٱلنَّاسِodamlarодамларمَنkimlarкимларيَتَّخِذُtutadiganlarтутадиганларمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohdanАллоҳданأَندَادًۭاtengdoshlarniтенгдошларниيُحِبُّونَهُمْularni sevadilarуларни севадиларكَحُبِّsevgandekсевгандекٱللَّهِ ۖAllohniАллоҳниوَٱلَّذِينَva ularва уларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларأَشَدُّqattiqroqdirқаттиқроқдирحُبًّۭاmuhabbatdaмуҳаббатдаلِّلَّهِ ۗAllohgaАллоҳгаوَلَوْva agarва агарيَرَىkoʻrsalar ediкўрсалар эдиٱلَّذِينَularуларظَلَمُوٓا۟zulm qilganlarзулм қилганларإِذْchogʻidaчоғидаيَرَوْنَkoʻrganкўрганٱلْعَذَابَazobniазобниأَنَّ... ligini... лигиниٱلْقُوَّةَquvvatқувватلِلَّهِAllohga xosliginiАллоҳга хослигиниجَمِيعًۭاbarchasiбарчасиوَأَنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohningАллоҳнингشَدِيدُshiddatliшиддатлиٱلْعَذَابِazobi ekaniniазоби эканини
TafsirТафсир

Ha, Allohning yagonaligini tan olmaydigan, unga shirk keltiradiganlar ham bor. Ular Allohga shirk qilgan oʻsha but va sanamlarini xuddi Allohni sevgandek sevadilar, ularga muhabbat qoʻyadilar.

Ushbu oyat tushgan paytlarda Allohga shirk tutilgan narsalar butu sanamlar, toshu daraxt yoki hayvon va boshqa sodda ashyolar edi, bugunga kelib bular qatoriga yana shaxslar, jamiyat yoki firqalar ham qoʻshildi.

Ha,«Odamlar ichida Allohdan oʻzga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor».

Ammo haqiqiy iymonli insonlar bor muhabbatlarini Alloh taoloning Oʻziga qaratganlar va bu muhabbatlari juda ham kuchlidir. Qalblarida Allohdan boshqaning muhabbatiga oʻrin yoʻq.

«Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir.»

Oyati karimaning davomida Allohga shirk keltiruvchilarning holi nima boʻlishi bayon etiladi.

«Zulm qilganlar azobni koʻrgan chogʻlarida, albatta, barcha quvvat Allohga xosligini va, albatta, Allohning azobi shiddatli ekanini bilsalar edi!»

Yaʼni, Allohga shirk keltirib, haqqa va oʻzlariga zulm etgan mushriklar qiyomat kuni azobni koʻrgan chogʻlarida, albatta, barcha quvvat Allohga xosligini va, albatta, Allohning azobi shiddatli ekanini bilsalar edi, zulm qilib, shirk keltirmas va Allohga teng qilgani narsalarini Allohni sevgandek sevmas edilar: