QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят164

إِنَّ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَـٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَٱلْفُلْكِ ٱلَّتِى تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِمَا يَنفَعُ ٱلنَّاسَ وَمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن مَّآءٍ فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةٍ وَتَصْرِيفِ ٱلرِّيَـٰحِ وَٱلسَّحَابِ ٱلْمُسَخَّرِ بَيْنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida, kechayu kunduzning almashib turishida, odamlarga manfaatli narsalari ila dengizda yurib turgan kemada, Allohning osmondan suv tushirib, u bilan o`lgan yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida, shamollarni yo`naltirishida, osmonu yer orasidagi itoatgo`y bulutda aql yurituvchi qavmlar uchun belgilar bor.Албатта, осмонлару ернинг яратилишида, кечаю кундузнинг алмашиб туришида, одамларга манфаатли нарсалари ила денгизда юриб турган кемада, Аллоҳнинг осмондан сув тушириб, у билан ўлган ерни тирилтириши ва унда турли жондорларни таратишида, шамолларни йўналтиришида, осмону ер орасидаги итоатгўй булутда ақл юритувчи қавмлар учун белгилар бор.Alauddin Mansour: Albatta osmonlar va Yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, dengizda odamlarga kerakli narsalarni olib yurgan kemalarning (suzishida) va Alloh osmondan tushirgan va u sababli oʻlik Yerni tiriltirib, bor jonzotni tarqatib-yoyib yuborgan — suv degan neʼmatda va shamollarning yoʻnaltirilishida, osmon va Yer orasidagi itoatgoʻy bulutda — (bularning hammasida) aqlli kishilar uchun oyat-alomatlar bordir.Албатта осмонлар ва Ернинг яратилишида, кеча ва кундузнинг алмашиб туришида, денгизда одамларга керакли нарсаларни олиб юрган кемаларнинг (сузишида) ва Аллоҳ осмондан туширган ва у сабабли ўлик Ерни тирилтириб, бор жонзотни тарқатиб-ёйиб юборган — сув деган неъматда ва шамолларнинг йўналтирилишида, осмон ва Ер орасидаги итоатгўй булутда — (буларнинг ҳаммасида) ақлли кишилар учун оят-аломатлар бордир.

25-sahifa · 2-juz · 3-hizb25-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даخَلْقِyaratilishidaяратилишидаٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَٱخْتِلَـٰفِva almashib turishidaва алмашиб туришидаٱلَّيْلِkechaningкечанингوَٱلنَّهَارِva kunduzningва кундузнингوَٱلْفُلْكِva kemadaва кемадаٱلَّتِىkiкиتَجْرِىyurib turganюриб турганفِى-da-даٱلْبَحْرِdengizdaденгиздаبِمَاnarsalari ilaнарсалари илаيَنفَعُmanfaat beradiganманфаат берадиганٱلنَّاسَodamlargaодамларгаوَمَآva narsaва нарсаأَنزَلَtushirdiтуширдиٱللَّهُAllohАллоҳمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmondanосмонданمِن-dan-данمَّآءٍۢsuvсувفَأَحْيَاtiriltirishiтирилтиришиبِهِu bilanу биланٱلْأَرْضَyerniерниبَعْدَkeyinкейинمَوْتِهَاoʻlganidanўлганиданوَبَثَّva taratishiва таратишиفِيهَاundaундаمِن-dan-данكُلِّharҳарدَآبَّةٍۢturli jondorlarniтурли жондорларниوَتَصْرِيفِva yoʻnaltirishidaва йўналтиришидаٱلرِّيَـٰحِshamollarniшамолларниوَٱلسَّحَابِva bulutdaва булутдаٱلْمُسَخَّرِitoatgoʻyитоатгўйبَيْنَorasidagiорасидагиٱلسَّمَآءِosmonосмонوَٱلْأَرْضِva yerва ерلَـَٔايَـٰتٍۢalbatta belgilar borалбатта белгилар борلِّقَوْمٍۢqavmlar uchunқавмлар учунيَعْقِلُونَaql yurituvchiақл юритувчи
TafsirТафсир

Ushbu oyatlarda zikr qilingan holatlarni doim koʻrib, ularning ichida yashab yuramiz. Shu qadar koʻnikib ketganmizki, alohida eʼtibor bermay qoʻyganmiz. Holbuki, bularning har biri Alloh taoloning borligiga katta bir dalildir. Misol uchun,

«osmonlaru yerning yaratilishida»gi haqiqatlarni bir oʻylab koʻraylik. Darhaqiqat, insof bilan, aqlni joyiga qoʻyib, bir oʻylab koʻraylik-chi: osmonlaru yerni kim yaratgan? Osmonlarning chegarasini hali birov chegaralab bilgani yoʻq. Undagi bor narsalar, hamma- hammasini kim yaratgan? Allohning borligini inkor qilayotgan xudosizlarmi? Yoki boshqa birorta yaratuvchi bormi? Osmonlaru ulardagi ulkan sayyoralarni qoʻying, eng yaqin osmondagi eng kichik sayyora boʻlmish yerni olib koʻraylik. Uni kim yaratgan, undagi inson va jonzotlar hayotiga zaruriy narsalarni kim moslashtirgan? Havosini, suvini va hokazolarni kim hozirgidek qilib qoʻygan? Allohning borligini inkor qilayotgan xudosizlarmi yoki yana birorta boshqa yaratuvchi bormi?

«... kechayu kunduzning almashib turishida.»

Har kuni ikkovlari almashib turadi. Biri uzaysa, ikkinchisi qisqaradi. Biz ularni boshimizdan oʻtkazib, umrimizning hisobini shu kecha va kunduzlar ila oʻlchaymiz, ammo ularning shunday almashib turishini kim joriy qilgani haqida oʻylamaymiz. Kechaning oʻziga xos qanchadan-qancha xususiyatlari bor, kunduzning oʻziga xos qanchadan-qancha xususiyatlari bor. Agar ular boʻlmasa, yer yuzida hayot boʻlishi qiyin.

«...odamlarga manfaatli narsalari ila dengizda suzib yurgan kemada...»

Buni kemaga tushganlar yaxshi bilishadi. Kemada safar qilgan inson, dengiz oʻrtasida, moviy rangli cheksiz suvlikda, boʻronlaru dovullarda qolgan inson Allohning qudratiga qoyil qoladi. Uni faqat Allohning Oʻzi qudrati ila saqlab turganiga ishonch hosil qiladi.

«Allohning osmondan suv tushirib, u bilan oʻlgan yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida...» ham aqlni ishlatganlar uchun ulkan alomat-belgilar bor.

Agar Alloh osmondan suv tushirmasa, yerni tiriltirmasa, yer yuzida hayot boʻlishi mumkinmidi? Ana shu qudratini esga solish uchun, baʼzi diyorlarga bir muddat suv tushirmay qoʻysa, oʻsimliklardan tortib hayvonlar va nihoyat odamlargacha halokatga uchrashining xabari bizlarga tez-tez yetib turibdi-ku, shunda ham oʻzimizga xulosa chiqarib olmaymiz.

«Shamollarni yoʻnaltirishida, osmonu yer oʻrtasidagi itoatkor bulutda ham aql yurituvchi qavmlar uchun...»

Allohning yagonaligi haqida koʻpdan-koʻp belgilar bor. Bu shamol va bulutlarning borliqda Alloh joriy qilgan qoidalarga itoat etishi, oʻziga yuklatilgan vazifani soʻzsiz bajarishi, ulardan keladigan manfaat yoki zarar... bularning tasarrufotini yagona yaratuvchi va boshqaruvchi Alloh qilmasa, kim qiladi?!

Ushbu alomatlarni koʻra-bila turib, ulardan moʻl foydalanib turib, yana Allohni inkor etadigan inson, agar uni inson deb atalsa, zarracha ham aqli yoʻq inson boʻladi.

Lekin na chora, dunyoda aqlni ishlatmaydigan, Allohning yagonaligini tan olmaydiganlar ham bor ekan. Buni kelasi oyat bayon qiladi: