وَإِلَـٰهُكُمْ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ ۖ لَّآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلرَّحْمَـٰنُ ٱلرَّحِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ilohingiz bir ilohdir. Rohman va Rohiym bo`lmish Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`qdir.Ва илоҳингиз бир илоҳдир. Роҳман ва Роҳийм бўлмиш Ундан ўзга ибодатга сазовор зот йўқдир.Alauddin Mansour: Ilohingiz yagona ilohdir. Undan oʻzga haq iloh yoʻqdir. U Rahmon va Rahimdir.Илоҳингиз ягона илоҳдир. Ундан ўзга ҳақ илоҳ йўқдир. У Раҳмон ва Раҳимдир.
Ushbu oyatda Islom aqiydasining bosh masalasi–Allohning yagonaligi asosiy qoida sifatida ilgari surilmoqda. Hech qachon Allohning borligiga shubha boʻlmagan. Doimo Uning zoti va sifatlari haqida tortishuvlar bor edi. Uning maxluqotlar bilan aloqasi haqida ham tortishuvlar kechgan. Faqat kommunistlargina ilohning yoʻqligi haqida safsata sotdilar. Allohning borligini inkor etdilar. Kommunistik tuzum avjiga chiqib, butun dunyoni egallaymiz, deb jar solib turgan bir paytda zamondosh olimlarimizdan birlari: «Allohning borligini inkor qilish barmoqdagi tomiri yoʻq begona oʻsimtadir, shak-shubhasiz tezda yoʻqolib, asari ham qolmaydi», deb yozgan edi. Toʻgʻri chiqdi, kommunistlar ham, ularning gʻoyalari ham, jumladan, Allohning borligini inkor etish ham yoʻq boʻlib ketmoqda.
Tangrining yagonaligi aqiydasi asosida boshqa tasavvurlar ham haqiqiy shaklni oladilar.
Paygʻambarimiz sollalohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda, Alloh taoloning ismi aʼzami «Va ilahukum ilahun vahidun», yaʼni, «Va ilohingiz bir ilohdir» hamda «Alif laam miym. Allohu la ilaha illa hu», yaʼni, «Alif laam miym. Allohki, undan oʻzga iloh yoʻqdir» oyatlaridan biridadir, deyilgan.
Soʻngra, Alloh taolo Oʻzining yagonaligiga borliqdan dalillar keltira boshlaydi: