QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят162

خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۖ لَا يُخَفَّفُ عَنْهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unda abadiy bo`lurlar. Ulardan azob yengillatilmas. Va ularga nazar ham solinmas.Унда абадий бўлурлар. Улардан азоб енгиллатилмас. Ва уларга назар ҳам солинмас.Alauddin Mansour: Va u yerda azoblari yengillatilmagan, (ozgina boʻlsa ham nafas rostlashga) muhlat berilmagan hollarida abadiy (jahannamda) qolgaylar.Ва у ерда азоблари енгиллатилмаган, (озгина бўлса ҳам нафас ростлашга) муҳлат берилмаган ҳолларида абадий (жаҳаннамда) қолгайлар.

24-sahifa · 2-juz · 3-hizb24-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
خَـٰلِدِينَabadiy boʻlurlarабадий бўлурларفِيهَا ۖundaундаلَاemasэмасيُخَفَّفُyengillatilarенгиллатиларعَنْهُمُulardanуларданٱلْعَذَابُazobазобوَلَاva emasва эмасهُمْularуларيُنظَرُونَnazar solinurlarназар солинурлар
TafsirТафсир

Bunday holga tushishlariga oʻzlari sababdirlar. Vaqtni bekor oʻtkazdilar. Fursat borida tavba qilib, oʻzlarini oʻnglasalar boʻlardi. Ammo ular bunday qilmadilar, oʻlgunlaricha kufrda bardavom boʻldilar, shuning uchun ularga har qancha laʼnat boʻlsa, shuncha oz.

«Albatta, kufr keltirgan va kofirlik holida oʻlganlarga– ana oʻshalarga Allohning, farishtalarning va odamlarning – barchaning laʼnati boʻlgay».

Shu bilan birga, ular barchaning laʼnatida abadiy qolurlar. Ularga berilgan Allohning azobi hech qachon yengillatilmaydi. Ularga Alloh nazar ham solmaydi.

«Unda abadiy boʻlurlar. Ulardan azob yengillatilmas. Va ularga nazar ham solinmas».

Chunki qiynoqda turgan odamga oliy maqomdan nazar solinsa, bizga ham nazar tushdi-ku, deb ruhiy lazzat olishi mumkin.

Modomiki haqiqatni berkitish shunchalik gunoh ekan, berkitilishi mutlaqo mumkin boʻlmagan eng ilk haqiqat nima? Buni kelasi oyat ochiqlaydi: