QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят161

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَمَاتُوا۟ وَهُمْ كُفَّارٌ أُو۟لَـٰٓئِكَ عَلَيْهِمْ لَعْنَةُ ٱللَّهِ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kufr keltirgan va kofirlik holida o`lganlarga, ana o`shalarga Allohning, farishtalarning va odamlarning — barchaning la'nati bo`lgay.Албатта, куфр келтирган ва кофирлик ҳолида ўлганларга, ана ўшаларга Аллоҳнинг, фаришталарнинг ва одамларнинг — барчанинг лаънати бўлгай.Alauddin Mansour: Kufr yoʻliga kirib, kofir holida oʻlib ketgan kimsalar shubhasiz, Allohning va jamiki farishta va odamlarning laʼnatiga duchor boʻlgʻaylar.Куфр йўлига кириб, кофир ҳолида ўлиб кетган кимсалар шубҳасиз, Аллоҳнинг ва жамики фаришта ва одамларнинг лаънатига дучор бўлғайлар.

24-sahifa · 2-juz · 3-hizb24-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганوَمَاتُوا۟va oʻlganlarва ўлганларوَهُمْva ularва уларكُفَّارٌkofirlar holidaкофирлар ҳолидаأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalargaана ўшаларгаعَلَيْهِمْulargaуларгаلَعْنَةُlaʼnatiлаънатиٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَٱلْمَلَـٰٓئِكَةِva farishtalarningва фаришталарнингوَٱلنَّاسِva odamlarningва одамларнингأَجْمَعِينَbarchaningбарчанинг
TafsirТафсир

Bunday holga tushishlariga oʻzlari sababdirlar. Vaqtni bekor oʻtkazdilar. Fursat borida tavba qilib, oʻzlarini oʻnglasalar boʻlardi. Ammo ular bunday qilmadilar, oʻlgunlaricha kufrda bardavom boʻldilar, shuning uchun ularga har qancha laʼnat boʻlsa, shuncha oz.

«Albatta, kufr keltirgan va kofirlik holida oʻlganlarga– ana oʻshalarga Allohning, farishtalarning va odamlarning – barchaning laʼnati boʻlgay».

Shu bilan birga, ular barchaning laʼnatida abadiy qolurlar. Ularga berilgan Allohning azobi hech qachon yengillatilmaydi. Ularga Alloh nazar ham solmaydi.

«Unda abadiy boʻlurlar. Ulardan azob yengillatilmas. Va ularga nazar ham solinmas».

Chunki qiynoqda turgan odamga oliy maqomdan nazar solinsa, bizga ham nazar tushdi-ku, deb ruhiy lazzat olishi mumkin.

Modomiki haqiqatni berkitish shunchalik gunoh ekan, berkitilishi mutlaqo mumkin boʻlmagan eng ilk haqiqat nima? Buni kelasi oyat ochiqlaydi: