إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُوا۟ وَأَصْلَحُوا۟ وَبَيَّنُوا۟ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ أَتُوبُ عَلَيْهِمْ ۚ وَأَنَا ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar tavba qilib, ahli solih bo`lib, bayon qilganlarning, ana o`shalarning tavbasini qabul qilurman. Va Men tavbalarni ko`plab qabul qiluvchi va rahimlidirman.Магар тавба қилиб, аҳли солиҳ бўлиб, баён қилганларнинг, ана ўшаларнинг тавбасини қабул қилурман. Ва Мен тавбаларни кўплаб қабул қилувчи ва раҳимлидирман.Alauddin Mansour: Magar qaysilari tavba qilib, oʻzlarini oʻnglab, (odamlarga haqiqatni) ochiq aytsalar, bas, ularning tavbalarini qabul qilaman. Va faqat Mengina tavbalarni qabul qilguvchi, rahmlidirman.Магар қайсилари тавба қилиб, ўзларини ўнглаб, (одамларга ҳақиқатни) очиқ айтсалар, бас, уларнинг тавбаларини қабул қиламан. Ва фақат Менгина тавбаларни қабул қилгувчи, раҳмлидирман.
Allohdan kelgan haqiqatni berkitish juda ham katta gunoh ekanini bilishimiz uchun oyatdagi gaplarni tadabbur qilib koʻraylik. Bu gunohning yomonligini bilgach, tavba qilishning oʻzigina uning qabuliga kifoya emas ekan. Balki tavbadan keyin ahli solihlardan boʻlib, yaxshi ishlarni qilib va avval buzgan narsalarini tuzatib hamda odamlardan berkitgan narsalarini bayon qilib-tushuntirib berganlaridan soʻnggina ularning tavbasini qabul qilishini Alloh taʼkidlayapti.
«Magar tavba qilib, ahli solih boʻlib, bayon qilganlarning, ana oʻshalarning tavbasini qabul qilurman».
Oyatning oxirida Alloh taolo Oʻzining tavbalarni koʻplab qabul qiluvchi, rahimli Zot ekanini eslatib, kishilarni umidvor boʻlishga undamoqda.
«Va Men tavbalarni koʻplab qabul qiluvchi va rahimlidirman.»
Alloh rahimli boʻlmaganida, haqiqatni yashirgan odamlarning gunohini hech kechmas edi. Ammo, Alloh rahimli ekan, deb, kim nimani xohlasa, qilavermaydi. Allohning rahimliligi gunohida bardavom boʻlgan, oʻlguncha kufrni mahkam tutganlarga joriy boʻlmasligini keyingi oyat bayon qiladi: