QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят159

إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَآ أَنزَلْنَا مِنَ ٱلْبَيِّنَـٰتِ وَٱلْهُدَىٰ مِنۢ بَعْدِ مَا بَيَّنَّـٰهُ لِلنَّاسِ فِى ٱلْكِتَـٰبِ ۙ أُو۟لَـٰٓئِكَ يَلْعَنُهُمُ ٱللَّهُ وَيَلْعَنُهُمُ ٱللَّـٰعِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz nozil qilgan ravshan oyatlarni va hidoyatni odamlarga kitobda bayon qilib berganimizdan keyin berkitganlarni — o`shalarni Alloh la'natlaydir. Va la'natlovchilar la'natlaydir.Албатта, Биз нозил қилган равшан оятларни ва ҳидоятни одамларга китобда баён қилиб берганимиздан кейин беркитганларни — ўшаларни Аллоҳ лаънатлайдир. Ва лаънатловчилар лаънатлайдир.Alauddin Mansour: Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan iborat (Muhammadning haq paygʻambar ekanligi haqidagi) narsalarni odamlarga Kitobda (Tavrotda) ravshan qilib berganimizdan keyin berkitgan kimsalarni shubhasiz, Alloh laʼnatlagay va laʼnatlovchi zotlar (farishtalar va moʻminlar) laʼnatlagaylar.Биз нозил қилган ҳужжатлар ва ҳидоятдан иборат (Муҳаммаднинг ҳақ пайғамбар эканлиги ҳақидаги) нарсаларни одамларга Китобда (Тавротда) равшан қилиб берганимиздан кейин беркитган кимсаларни шубҳасиз, Аллоҳ лаънатлагай ва лаънатловчи зотлар (фаришталар ва мўминлар) лаънатлагайлар.

24-sahifa · 2-juz · 3-hizb24-саҳифа · 2-жуз · 3-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَularуларيَكْتُمُونَberkitganlarберкитганларمَآnarsaniнарсаниأَنزَلْنَاBiz nozil qilganБиз нозил қилганمِنَ-dan-данٱلْبَيِّنَـٰتِravshan oyatlarniравшан оятларниوَٱلْهُدَىٰva hidoyatniва ҳидоятниمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинمَا... ni... ниبَيَّنَّـٰهُbayon qilganimizdanбаён қилганимизданلِلنَّاسِodamlargaодамларгаفِى-da-даٱلْكِتَـٰبِ ۙkitobdaкитобдаأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarniана ўшаларниيَلْعَنُهُمُularni laʼnatlaydiуларни лаънатлайдиٱللَّهُAllohАллоҳوَيَلْعَنُهُمُva ularni laʼnatlaydiва уларни лаънатлайдиٱللَّـٰعِنُونَlaʼnatlovchilarлаънатловчилар
TafsirТафсир

Ushbu oyatlar nozil boʻlayotgan paytda yahudiy va nasroniylar Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom, Qurʼoni Karim va Islom haqida Alloh taolo Tavrot va Injilda bayon qilib bergan haqiqatni berkitayotgan edilar. Ana oʻshalar va ularga oʻxshaganlarning barchalari, kim va qayerda boʻlishidan qatʼinazar, Alloh kitoblarida–Zabur, Tavrot, Injil va Qurʼonda bayon qilib bergan oyatlarni va hidoyatni berkitsalar, Alloh taolo ularni laʼnatlaydi. Yaʼni, gʻazab va zajr bilan quvlaydi, haydaydi. Kamiga boshqa barcha laʼnatlovchilar ham laʼnatlaydilar. Yaʼni, farishtalar, moʻminlar, insu jin–laʼnatlashga qobiliyati bor hamma-hamma laʼnatlaydi. Ushbu hukm ostiga haqni bilib turib aytmaydigan, nimadir sababga koʻra berkitadigan barcha odamlar ham kiradi.

Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilishlaricha, u kishi:

«Agar Allohning kitobida bir oyat boʻlmaganida, hech kimga hech narsa gapirmas edim», degan ekanlar. Abu Hurayra roziyallohu anhu ushbu oyatni koʻzda tutganlar.

Shu zotdan rivoyat qilingan boshqa bir hadisi sharifda Paygʻambar alayhissalom:

«Kim bir ilmdan soʻralsa-yu, uni berkitsa, qiyomat kuni olovdan boʻlgan yugan bilan yuganlanadi», deganlar.

Ushbu oyat va hadislarni hujjat qilib, ulamolar Islom haqidagi ilmlarni tarqatishning vojibligi, berkitishning esa, haromligi haqida fatvo chiqarganlar.

Oyati karimada Allohdan kelgan har bir ilmni berkituvchilarga qattiq jazo belgilanadi. Lekin baʼzan har xil sabablar bilan bu gunohga yoʻl qoʻyilsa, keyin haqiqatga qaytmoqchi boʻlganlarga eshik batamom yopilgan emas. Balki umid eshigi ochiq. Yuqoridagi oyat belgilagan jazodan qutulib qolishi mumkin boʻlganlarni kelasi oyat bayon qiladi: