وَمَثَلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ كَمَثَلِ ٱلَّذِى يَنْعِقُ بِمَا لَا يَسْمَعُ إِلَّا دُعَآءً وَنِدَآءً ۚ صُمٌّۢ بُكْمٌ عُمْىٌ فَهُمْ لَا يَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar misoli xuddi qichqiriq va sasdan boshqa narsani eshitmaydiganlarga baqirayotganga o`xshaydi. Ular kar, soqov va ko`rdirlar. Ular aql ishlatmaslar.Куфр келтирганлар мисоли худди қичқириқ ва сасдан бошқа нарсани эшитмайдиганларга бақираётганга ўхшайди. Улар кар, соқов ва кўрдирлар. Улар ақл ишлатмаслар.Alauddin Mansour: Kufr yoʻlidagi kimsalarni (haq yoʻlga daʼvat qiluvchi kishining) misoli xuddi faqat ovoz va chaqiriqni eshitadigan hayvonlarga qichqirayotgan kishining misolidir. Ular kar, soqov, koʻrdirlar. Demak, tushunmaydilar.Куфр йўлидаги кимсаларни (ҳақ йўлга даъват қилувчи кишининг) мисоли худди фақат овоз ва чақириқни эшитадиган ҳайвонларга қичқираётган кишининг мисолидир. Улар кар, соқов, кўрдирлар. Демак, тушунмайдилар.
Ushbu oyatdagi oʻxshatish haqida tafsirchilar va arab tili olimlari uzoq bahslar qilishgan, undan qoidalar ishlab chiqarishgan. Chunki bu oyatda nozik ishoralar koʻp boʻlib, uni tarjimada aynan aks ettirish amri maholdir. Koʻpchilikning fikri shundayki, Alloh taolo bu oyati karimada kofirlarni chorva hayvonlariga, Paygʻambarlarni ularni haydab yuruvchi choʻponga oʻxshatadi.
Choʻpon chorvalarni xavf-xatardan saqlash, ularni foydali yerlarga boshlash uchun ovoz chiqarib chaqiradi, nido qiladi, ammo chorvalar ovozni eshitadi-yu, sasning maʼnosini tushunmaydi.
Xuddi shunga oʻxshab, kofirlar ham Paygʻambarlarning chaqirigʻini, nidosini eshitadilar, lekin uni anglab yetmaydilar, unga amal qilmaydilar. Ovozlari chiqsa ham, ular bu masalada soqovdirlar; koʻzlari ochiq boʻlsa ham, haqiqat oʻlchovida koʻrdirlar; quloqlari eshitsa ham, haqiqatda kardirlar. Chunki, ularning aqllari yoʻq.
Kelgusi oyat esa, chaqiriqni eshitib, uni anglaydigan, unga amal qiladigan, koʻzi, qulogʻi ochiq, aqlini ishlatadigan moʻminlarga xitob qiladi: