يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُلُوا۟ مِن طَيِّبَـٰتِ مَا رَزَقْنَـٰكُمْ وَٱشْكُرُوا۟ لِلَّهِ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga rizq qilib berganimiz pok narsalardan yenglar va Allohga shukr qilinglar, agar Unga ibodat qiladigan bo`lsalaringiz.Эй, иймон келтирганлар! Сизларга ризқ қилиб берганимиз пок нарсалардан енглар ва Аллоҳга шукр қилинглар, агар Унга ибодат қиладиган бўлсаларингиз.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, sizlarga rizq qilib berganimiz — pokiza narsalardan yenglar va agar Allohning Oʻzigagana ibodat qilguvchi boʻlsangizlar, U zotga shukr qilingiz!Эй мўминлар, сизларга ризқ қилиб берганимиз — покиза нарсалардан енглар ва агар Аллоҳнинг Ўзигагана ибодат қилгувчи бўлсангизлар, У зотга шукр қилингиз!
Alloh moʻmin bandalariga pok narsalarni rizq qilib berganini va ulardan yeb lazzatlangan bandalar rizq bergan Zotga–Allohga shukr keltirishlari zarurligini anglatmoqda. Demak, nopok narsalar rizq emas. Moʻmin inson Allohning amriga binoan doimo pok narsani yeydi. Bu ilohiy amr uning foydasi uchundir. Pok ozuqa ila ozuqalangan inson sogʻ-salomat boʻladi. U pok narsalardan ozuqa olgani uchun bemorliklardan xoli boʻladi. Pok taom ila ozuqalanish imkoni ulkan neʼmatdir. Shuning uchun, pok taomni yaratgan Zotga, pok taomnigina isteʼmol qilishga amr etgan Zotga shukr qilish moʻmin insonning burchidir.
Oyati karimaning oxiridagi
«agar Unga ibodat qiladigan boʻlsalaringiz» jumlasidan Allohning amriga muvofiq pok narsalar ila taomlanish va uning shukrini qilish ham ibodat ekanligini bilib olamiz.
Oʻtgan oyatda rizq qilib berilgan pok narsalardan yeyishga amr qilingandan soʻng, endi keladigan oyatda moʻmin inson uchun yemoq harom qilingan narsalar zikr etiladi.