QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят225

لَّا يُؤَاخِذُكُمُ ٱللَّهُ بِٱللَّغْوِ فِىٓ أَيْمَـٰنِكُمْ وَلَـٰكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا كَسَبَتْ قُلُوبُكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ حَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizlarning behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qalbdan kasb qilganingiz uchun tutadir. Va Alloh mag`firatli, rahimli Zotdir.Аллоҳ сизларнинг беҳуда қасамларингиз учун тутмас. Лекин қалбдан касб қилганингиз учун тутадир. Ва Аллоҳ мағфиратли, раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. Balki dillaringiz bilan qilgan narsangiz (qasamingiz) bilan jazolaydi. Alloh magʻfiratli, halim Zotdir.Аллоҳ сизларни тилларингиздаги беҳуда қасамларингиз сабабли жазоламайди. Балки дилларингиз билан қилган нарсангиз (қасамингиз) билан жазолайди. Аллоҳ мағфиратли, ҳалим Зотдир.

36-sahifa · 2-juz · 4-hizb36-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّاemasэмасيُؤَاخِذُكُمُtutadi sizlarniтутади сизларниٱللَّهُAllohАллоҳبِٱللَّغْوِbexudalik uchunбехудалик учунفِىٓ-dagi-дагиأَيْمَـٰنِكُمْqasamlaringizқасамларингизوَلَـٰكِنlekinлекинيُؤَاخِذُكُمtutadi sizlarniтутади сизларниبِمَاnarsa uchunнарса учунكَسَبَتْkasb qilganкасб қилганقُلُوبُكُمْ ۗqalblaringizқалбларингизوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳغَفُورٌmagʻfiratliмағфиратлиحَلِيمٌۭhalim (rahmli)ҳалим (раҳмли)
TafsirТафсир

«Behuda qasam» deganda oʻylab-oʻylamay, til oʻrganib qolganidan ichiladigan qasamga aytiladi. Ayniqsa, arablarda qasam lafzi oson chiqadi, koʻp ishlatiladi. Turkiy xalqlarda har narsaga «xudo ursin» deyaverishga oʻxshaydi.

Bir kuni Paygʻambarimiz sahobalardan birlari bilan yoʻlda yurib borar edilar. Ov qilayotgan kishilar oldidan oʻtib qolishdi. Shunda: «Allohga qasamki, urdim». «Allohga qasamki, xato qildim», degan ovozlar eshitildi. Paygʻambar alayhissalom bilan birga ketayotgan kishi:

«Qasamxoʻr boʻlishdimi?»–deb soʻradi. Paygʻambar alayhissalom:

«Yoʻq, ovchilarning qasami behuda boʻladi. Kafforat ham, uqubat ham yoʻq»,–dedilar.

Qasam uch xil boʻladi:

Birinchisi–behuda qasam. Bu, avval aytganimizdek, til oʻrganib qolib, huda-behudaga qasam ichaverish. Bunday qasamga kafforat yoʻq, gunoh ham boʻlmaydi. Lekin musulmonlik odobi boʻyicha, qasam ichmaslik lozim. Boshqa oyatda koʻp qasam ichish kofirlarning ishi ekanligi kelgan.

Ikkinchisi–gʻamus qasam. Yaʼni, bilib turib yolgʻondan qasam ichish. Bunday qasam katta gunoh boʻlib, istigʻfor va tavbani talab qiladi.

Uchinchisi–munʼaqida. Yaʼni, niyat bilan bogʻlangan qasam. Kelajakda bir ishni qilish yoki qilmaslikni niyat etib, qasd bilan qasam ichish. Bunday qasamni amalga oshira olmasa, kafforat berishi lozim boʻladi.

Endi umumiy ishlardagi qasamdan er-xotinlikka taalluqli ishdagi qasamga (iylaaga) oʻtiladi: