وَلَا تَجْعَلُوا۟ ٱللَّهَ عُرْضَةً لِّأَيْمَـٰنِكُمْ أَن تَبَرُّوا۟ وَتَتَّقُوا۟ وَتُصْلِحُوا۟ بَيْنَ ٱلنَّاسِ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga ichgan qasamlaringizni yaxshilik qilish, taqvo qilish va odamlar orasini isloh etishingizga to`siq qilmang. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.Аллоҳга ичган қасамларингизни яхшилик қилиш, тақво қилиш ва одамлар орасини ислоҳ этишингизга тўсиқ қилманг. Аллоҳ эшитувчи, билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Yaxshilik qilish, taqvodor boʻlish va odamlar orasini isloh qilish (kabi amallardan toʻsuvchi boʻlgan) qasamlaringiz uchun Allohni bahona qilmangiz! Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.Яхшилик қилиш, тақводор бўлиш ва одамлар орасини ислоҳ қилиш (каби амаллардан тўсувчи бўлган) қасамларингиз учун Аллоҳни баҳона қилмангиз! Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир.
Ushbu oyatning tafsirida Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu va boshqa azizlar:
«Qasamingni yaxshilik qilishingga toʻsiq qilma, qasamingning kafforatini berginda, yaxshilik qilaver», deganlar.
Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim qasam ichsa va qasam ichgan narsasidan yaxshiroq ishni koʻrsa, qasamiga kafforat berib, yaxshi ishni qilaversin», deganlar.
Baʼzilar, falon ishni qilmayman, deb qasam ichib qoʻyadi. Keyin, bu savobli ishni nimaga qilmayapsan, deyilsa, qasam ichganman, deb bahona qiladi. Bu oyatda mana shu masalaga oydinlik kiritilyapti.
Aslini olganda qasam ichish yaxshi ish emas. Jiddiy, oʻzini bilgan odam kerak ishni qasam ichmay ham qilaveradi. Mabodo, qasam ichish lozim boʻlib qolsa ham, bu qasam yaxshilik amalga oshishi uchun boʻlishi kerak. Ammo, Alloh taolo nomi ila qasam ichishni yaxshilik, taqvo va odamlar orasini isloh qilishdek ezguliklarga toʻsiq etib olish mutlaqo durust emas. Musulmonlarning Islomga toʻliq kirishlari jarayonida johiliyatdan meros boʻlib qolgan shunga oʻxshash ishlarni toʻgʻri yoʻlga solishga ham eʼtibor beriladi.
Keyingi oyatda qasam ham har xil boʻlishi va ularning hammasida ham kafforat berish lozim emasligining bayoni keladi: