نِسَآؤُكُمْ حَرْثٌ لَّكُمْ فَأْتُوا۟ حَرْثَكُمْ أَنَّىٰ شِئْتُمْ ۖ وَقَدِّمُوا۟ لِأَنفُسِكُمْ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّكُم مُّلَـٰقُوهُ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayollaringiz ekinzorlaringizdir. Bas, ekinzoringizga xohlaganingizcha keling. O`zingiz uchun (yaxshilik) taqdim qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Unga ro`baro` keluvchisiz. Mo`minlarga bashorat ber.Аёлларингиз экинзорларингиздир. Бас, экинзорингизга хоҳлаганингизча келинг. Ўзингиз учун (яхшилик) тақдим қилинг. Ва Аллоҳга тақво қилинг ҳамда, билингки, албатта, Унга рўбарў келувчисиз. Мўминларга башорат бер.Alauddin Mansour: Xotinlaringiz sizlar uchun ekinzordir. Bas, ekinzoringizga xohlagan holatingizda yaqinlashavering va oʻzingiz uchun yaxshi amallar taqdim qiling! Allohdan qoʻrqingiz va bilingizkim, sizlar Unga roʻbaroʻ boʻlguvchisiz. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), iymonli kishilarga (jannat) xushxabarini yetkazing!Хотинларингиз сизлар учун экинзордир. Бас, экинзорингизга хоҳлаган ҳолатингизда яқинлашаверинг ва ўзингиз учун яхши амаллар тақдим қилинг! Аллоҳдан қўрқингиз ва билингизким, сизлар Унга рўбарў бўлгувчисиз. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), иймонли кишиларга (жаннат) хушхабарини етказинг!
Er-xotin orasidagi hassos va nozik aloqa Qurʼoni Karim oyatlarida oʻziga xos uslub bilan tasvirlanadi. Avvalgi oyatlardan birida er-xotinni bir-biriga nisbatan kiyim–libos deb taʼrif qilingan edi. Bu oyatda esa, ayollar ekinzorga oʻxshatilyapti. Ekinzorga urugʻ tashlansa, hosil unib chiqqanidek, ayolga erkakdan tushgan urugʻlikdan farzand unib chiqishiga ishoratan:
«Ayollaringiz ekinzorlaringizdir», deyilmoqda.
Modomiki, ular ekinzor ekanlar,
«Bas, ekinzoringizga xohlaganingizcha keling».
Yaʼni, xohlagan vaqtingizda, xohlagan holatingizda jinsiy yaqinlik qiling. Ayni chogʻda, maqsad, koʻzlangan gʻoya esingizdan chiqmasin:
«Oʻzingiz uchun (yaxshilik) taqdim qiling».
Allohdan qoʻrqish, unga taqvo qilish yodingizdan koʻtarilmasin.
«Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Unga roʻbaroʻ keluvchisiz.»
Demak, ehtiyot va hushyor boʻlish kerak. Oyatning oxirida Allohga roʻbaroʻ kelganda moʻminlarga yaxshilik boʻlishini taʼkidlab:
«Va moʻminlarga bashorat ber», deyilyapti.
Endi esa, oilaviy, qarindoshlik va umuman insoniy aloqalarda uchrab turadigan baʼzi bir holatlarni muolaja qilishga oʻtiladi.