QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят222

وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْمَحِيضِ ۖ قُلْ هُوَ أَذًى فَٱعْتَزِلُوا۟ ٱلنِّسَآءَ فِى ٱلْمَحِيضِ ۖ وَلَا تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ ۖ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلتَّوَّٰبِينَ وَيُحِبُّ ٱلْمُتَطَهِّرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan hayz haqida so`rarlar. Sen: «U ko`ngilsiz narsadir. Hayz chog`ida ayollardan chetda bo`ling. Ularga pok bo`lmagunlaricha yaqinlashmanglar. Agar pok bo`lsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan keling. Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni sevadi va poklanuvchilarni sevadir», deb ayt.Сендан ҳайз ҳақида сўрарлар. Сен: «У кўнгилсиз нарсадир. Ҳайз чоғида аёллардан четда бўлинг. Уларга пок бўлмагунларича яқинлашманглар. Агар пок бўлсалар, уларга Аллоҳ амр қилган жойдан келинг. Албатта, Аллоҳ тавба қилувчиларни севади ва покланувчиларни севадир», деб айт.Alauddin Mansour: Sizdan hayz haqida soʻraydilar. Ayting: «U koʻngilsiz-nopok narsadir. Bas, hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz! Pok boʻlganlaridan keyin ularga Alloh buyurgan tarafdan kelingiz! Albatta, Alloh tavba qilguvchilarni va oʻzlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi».Сиздан ҳайз ҳақида сўрайдилар. Айтинг: «У кўнгилсиз-нопок нарсадир. Бас, ҳайз пайтида аёлларингиздан четланингиз ва то покланмагунларича уларга яқинлашмангиз! Пок бўлганларидан кейин уларга Аллоҳ буюрган тарафдан келингиз! Албатта, Аллоҳ тавба қилгувчиларни ва ўзларини мудом пок тутгувчиларни севади».

35-sahifa · 2-juz · 4-hizb35-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَسْـَٔلُونَكَva sendan soʻrarlarва сендан сўрарларعَنِhaqidaҳақидаٱلْمَحِيضِ ۖhayzҳайзقُلْaytайтهُوَuуأَذًۭىkoʻngilsiz narsadirкўнгилсиз нарсадирفَٱعْتَزِلُوا۟bas, chetda boʻlinglarбас, четда бўлингларٱلنِّسَآءَayollardanаёлларданفِى-da-даٱلْمَحِيضِ ۖhayz (chogʻida)ҳайз (чоғида)وَلَاva emasва эмасتَقْرَبُوهُنَّularga yaqinlashinglarуларга яқинлашингларحَتَّىٰtoтоيَطْهُرْنَ ۖpok boʻlsalarпок бўлсаларفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиتَطَهَّرْنَpoklansalarпоклансаларفَأْتُوهُنَّbas, ularga kelinglarбас, уларга келингларمِنْ-dan-данحَيْثُjoyжойأَمَرَكُمُsizga amr qilganсизга амр қилганٱللَّهُ ۚAllohАллоҳإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيُحِبُّsevadiсевадиٱلتَّوَّٰبِينَtavba qiluvchilarniтавба қилувчиларниوَيُحِبُّva sevadiва севадиٱلْمُتَطَهِّرِينَpoklanuvchilarniпокланувчиларни
TafsirТафсир

Imom Ahmad ibn Hanbal Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Yahudiylar ularning ayollari hayz koʻrsa, birga ovqatlanmay va birga yotmay qoʻyar edilar. Sahobalar Paygʻambar alayhissalomdan bu haqda soʻradilar. Va Alloh taolo «Sendan hayz haqida soʻraydilar» oyatini tushirdi. Shundan keyin Paygʻambar alayhissalom: jinsiy aloqadan boshqa hamma narsani qilsangiz boʻladi, dedilar».

«Sendan hayz haqida soʻrarlar.»

Hanafiy mazhabi ulamolari hayzni bunday taʼriflaydilar: Toʻqqiz yoshdan ellik besh yoshgacha boʻlgan, kasal yoki homilador boʻlmagan ayol jinsiga mansub insonning rahmidan chiqadigan qondir. Hayzning eng oz muddati uch kechayu uch kunduz, eng koʻpi oʻn kechayu oʻn kunduzdir. Hayzning eng oz muddatidan oz, eng koʻp muddatidan koʻp yoki ayol kishining odatidan ortiq keladigan qon istihoza, deyiladi.

Demak, odamlar hayz haqida soʻradilar. Javob oyatda quyidagicha keldi:

«U koʻngilsiz narsadir».

Yaʼni, hayz nopok, koʻngilga yoqmaydigan, ozor beradigan narsadir. Shuning uchun

«hayz chogʻida ayollardan chetda boʻling», yaʼni, ularga jinsiy yaqinlik qilmang.

Hayzi toʻxtagan ayol gʻusl qilgandan keyin pok boʻladi. Agar gʻuslga uzrli boʻlsa, tayammum qiladi. Shundan keyin unga jinsiy yaqinlik qilsa boʻladi. Hanafiy mazhabida oʻn kunlik hayz koʻrgan ayolga hayzi toʻxtashi bilan yaqinlik qilsa boʻladi. Oʻn kundan oz muddat hayz koʻrgan ayolga esa, hayzi toʻxtab gʻusl qilganidan keyin yoki agar gʻusl qilmasa, bir namozning vaqti oʻtgandan keyin yaqinlashishga ruxsat berilgan.

«Agar pok boʻlsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan keling», degani old tarafdan yaqinlik qiling, orqadan emas, deganidir.

«Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni sevadi va poklanuvchilarni sevadir», deyilishi bu hukmni bilmagan chogʻlarida mazkur yoʻl-yoʻriqqa xilof ish qilgan boʻlsa, tavba etsin, bundan keyin doimo poklikka, ayniqsa hayz masalasida, alohida eʼtibor bersin, deganidir.