وَلَا تَنكِحُوا۟ ٱلْمُشْرِكَـٰتِ حَتَّىٰ يُؤْمِنَّ ۚ وَلَأَمَةٌ مُّؤْمِنَةٌ خَيْرٌ مِّن مُّشْرِكَةٍ وَلَوْ أَعْجَبَتْكُمْ ۗ وَلَا تُنكِحُوا۟ ٱلْمُشْرِكِينَ حَتَّىٰ يُؤْمِنُوا۟ ۚ وَلَعَبْدٌ مُّؤْمِنٌ خَيْرٌ مِّن مُّشْرِكٍ وَلَوْ أَعْجَبَكُمْ ۗ أُو۟لَـٰٓئِكَ يَدْعُونَ إِلَى ٱلنَّارِ ۖ وَٱللَّهُ يَدْعُوٓا۟ إِلَى ٱلْجَنَّةِ وَٱلْمَغْفِرَةِ بِإِذْنِهِۦ ۖ وَيُبَيِّنُ ءَايَـٰتِهِۦ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mushrika ayollarni iymon keltirmagunlaricha nikohingizga olmang. Shubhasiz, mo`mina cho`ri mushrikadan, gar u sizga yoqsa ham, yaxshidir. Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang. Shubhasiz, mo`min qul mushrikdan, gar u sizga yoqsa ham, yaxshidir. Anavilar do`zax o`tiga chaqirarlar. Alloh esa, O`z izni ila jannatga va mag`firatga chaqirar hamda odamlarga O`z oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki, esga olsalar.Мушрика аёлларни иймон келтирмагунларича никоҳингизга олманг. Шубҳасиз, мўмина чўри мушрикадан, гар у сизга ёқса ҳам, яхшидир. Ва мушриклар иймонга келмагунларича, уларга никоҳлаб берманг. Шубҳасиз, мўмин қул мушрикдан, гар у сизга ёқса ҳам, яхшидир. Анавилар дўзах ўтига чақирарлар. Аллоҳ эса, Ўз изни ила жаннатга ва мағфиратга чақирар ҳамда одамларга Ўз оятларини баён қиладир. Шоядки, эсга олсалар.Alauddin Mansour: To iymonga kelmagunlaricha mushrika ayollarga uylanmangiz! Shubhasiz, ozod mushrika ayoldan — garchi u sizga yoqsa-da, — iymonli choʻri yaxshiroqdir. To iymonga kelmagunlaricha mushrik erkaklarni (qizlaringizga) uylamangiz! Shubhasiz, ozod mushrikdan — garchi u sizga yoqsa-da, — iymonli qul yaxshiroqdir. Ular (mushriklar) doʻzaxga chaqiradilar. Alloh Oʻz izni-irodasi bilan jannat va magʻfiratga daʼvat qiladi. Va odamlar eslatma olishlari uchun Oʻz oyatlarini bayon qiladi.То иймонга келмагунларича мушрика аёлларга уйланмангиз! Шубҳасиз, озод мушрика аёлдан — гарчи у сизга ёқса-да, — иймонли чўри яхшироқдир. То иймонга келмагунларича мушрик эркакларни (қизларингизга) уйламангиз! Шубҳасиз, озод мушрикдан — гарчи у сизга ёқса-да, — иймонли қул яхшироқдир. Улар (мушриклар) дўзахга чақирадилар. Аллоҳ Ўз изни-иродаси билан жаннат ва мағфиратга даъват қилади. Ва одамлар эслатма олишлари учун Ўз оятларини баён қилади.
Nikoh insoniy aloqalar ichida eng muqaddas va ahamiyatlisidir. Bu aloqa odam bolasining koʻplab xohish-istaklariga javob beradi. Nikohdagi ikki shaxs bir-biriga eng yaqin shaxslar hisoblanadi. Bu holga erishish avvalo qalblarning birlashmogʻini, qalblarning birlashmogʻi esa, aqiyda birligini taqozo etadi. Chunki har bir insonning hayotiy yoʻlini belgilaydigan oʻlchov diniy nuqtai nazari boʻladi. Shu boisdan, Islomda aqiydasida buzuq ayollarga uylanish, mushrik erkaklarga turmushga chiqish man qilinadi.
«Mushrika ayollarni iymon keltirmagunlaricha nikohingizga olmang.»
Musulmon erkak Islom aqiydasidan oʻzga aqiydadagi mushrika ayolga uylanishi mumkin emas. Lekin u ayol oʻz dinini tark etib, Islom diniga kirib, moʻmina boʻlsa, shundan keyin uylansa boʻladi. Bu hukmdan yahudiy va masihiy dinidagi ayollar mustasno. Ular oʻz dinlarida tursalar ham, musulmon erkak ularga uylansa boʻladi. Boshqa oyatlar munosabati ila bu masalani yana oʻrganarmiz, inshaalloh.
Mushrika ayollarga uylanishni man qilgandan keyin Alloh taolo ayollarning qaysisi oʻzining huzurida yaxshi ekanligini bayon qilmoqda:
«Shubhasiz, moʻmina choʻri mushrikadan, gar u sizni ajablantirsa ham, yaxshidir».
Allohning huzurida ayol kishining yaxshi-yomonligini oʻlchashdagi bosh mezon uning iymonidir. Agar ayol kishi choʻri boʻlsa ham, moʻmina boʻlsa, bas, boshqa har qanday ayoldan yaxshidir. Toʻgʻri, mushrika ayol oʻzining ozodligi, husni-jamoli, shakli-shamoili, moludunyosi, nasli-nasabi va yana qandaydir jihatlari bilan erkaklarni ajablantirishi, ularga yoqishi mumkin. Lekin mushrikaligi, iymonining yoʻqligi, Allohga shirk keltirishi hamma narsadan yomon. Unday mushrika ayoldan choʻri boʻlsa ham, xunuk boʻlsa ham, kambagʻal boʻlsa ham, nasli-nasabi goʻyo past boʻlsa ham, moʻmina ayol yaxshidir. Qalbdagi iymoni uni yuqori darajalarga olib chiqadi.
Shuningdek, moʻmina ayollarning mushrik erkaklarga turmushga chiqishlari, ularga nikohlanishlari qatʼiyan man qilinadi:
«Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha nikohlab bermang».
Yaʼni, moʻminalarni ularning nikohiga bermang. Muslima-moʻmina ayollar musulmon dinidagi erkakdan boshqa erkakka turmushga chiqishlari mutlaqo mumkin emas. Agar u erkak Islomga kirib, moʻmin boʻlsagina, ruxsat boʻladi.
Hatto erkak yahudiy yoki masihiy dinida boʻlsa ham, muslima a±lning unga nikohlanishi harom. Faqat musulmon erkak boʻlishi shart. Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom: «Biz ahli kitobning ayollariga uylanamiz, ular bizning ayollarimizga uylanmaydilar», deganlar.
Xuddi ayollarga oʻxshab, erkaklar fazlining oʻlchovi ham iymondir:
«Shubhasiz, moʻmin qul mushrikdan, gar u sizni ajablantirsa ham, yaxshidir».
Yaʼni, erkak kishi qul boʻlsa ham, moʻmin boʻlsa, bas, boshqa iymonsiz erkaklardan yaxshidir...
Erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, iymonsizligi, mushrikligi juda yomon, ular bilan kim aloqada boʻlsa, xususan, nikoh kabi muqaddas va nozik aloqada boʻlsa, kasofati uradi. Urganda ham, eng hassos nuqtada–aqiyda bobida uradi va inson oʻz turmush oʻrtogʻiga ergashib, dindan chiqib ketish xavfi bor. Shuning uchun, oyatda:
«Anavilar doʻzax oʻtiga chaqirarlar», deyiladi.
Anavilar (mushriklar) oʻzi bilan birga boʻlganlarni mushriklikka, bu degani, doʻzax oʻtiga chaqiradilar.
«Alloh esa, Oʻz izni ila jannatga va magʻfiratga chaqirar va odamlarga Oʻz oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki, esga olsalar».
Shuning uchun, Alloh taoloning bayon qilib bergan oyatlariga amal qilib yashash kerak.
Keyingi oyatda oila qurgan har bir erkak va ayol bilishi lozim boʻlgan hayz masalasini muolaja qiladi: