QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят220

فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ ۗ وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْيَتَـٰمَىٰ ۖ قُلْ إِصْلَاحٌ لَّهُمْ خَيْرٌ ۖ وَإِن تُخَالِطُوهُمْ فَإِخْوَٰنُكُمْ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ ٱلْمُفْسِدَ مِنَ ٱلْمُصْلِحِ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَأَعْنَتَكُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu dunyo va oxirat haqida. Sendan yetimlar haqida so`rarlar. Sen: «Ularga isloh qilish yaxshidir», deb ayt. Agar ularning (mollarini) aralashtirib yuborsangiz, bas, birodarlaringiz. Alloh buzg`unchini ham, islohchini ham biladi. Agar xohlasa, Alloh sizlarni qiyinchilikka solardi. Albatta, Alloh Aziyz va hikmatli Zotdir.Бу дунё ва охират ҳақида. Сендан етимлар ҳақида сўрарлар. Сен: «Уларга ислоҳ қилиш яхшидир», деб айт. Агар уларнинг (молларини) аралаштириб юборсангиз, бас, биродарларингиз. Аллоҳ бузғунчини ҳам, ислоҳчини ҳам билади. Агар хоҳласа, Аллоҳ сизларни қийинчиликка соларди. Албатта, Аллоҳ Азийз ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Dunyo va Oxirat haqida (tafakkur qilishingiz uchun Alloh sizlarga oʻz oyatlarini bayon etadi). Sizdan yetimlarning (mollari) haqida soʻraydilar. Ayting: «Ularni isloh qilish yaxshidir. Agar (mollaringizni) ularning (mollari) bilan qoʻshib yuborsangiz (zarari yoʻq). Zero, ular birodarlaringizdir. Alloh kim buzgʻunchi, kim oʻnglovchi — isloh qiluvchi ekanini biladi. Agar istasa, sizlarni mashaqqatga solgan boʻlur edi. Albatta, Alloh qudrat va hikmat egasidir.Дунё ва Охират ҳақида (тафаккур қилишингиз учун Аллоҳ сизларга ўз оятларини баён этади). Сиздан етимларнинг (моллари) ҳақида сўрайдилар. Айтинг: «Уларни ислоҳ қилиш яхшидир. Агар (молларингизни) уларнинг (моллари) билан қўшиб юборсангиз (зарари йўқ). Зеро, улар биродарларингиздир. Аллоҳ ким бузғунчи, ким ўнгловчи — ислоҳ қилувчи эканини билади. Агар истаса, сизларни машаққатга солган бўлур эди. Албатта, Аллоҳ қудрат ва ҳикмат эгасидир.

35-sahifa · 2-juz · 4-hizb35-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فِىhaqidaҳақидаٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёوَٱلْـَٔاخِرَةِ ۗva oxiratва охиратوَيَسْـَٔلُونَكَva sendan soʻrarlarва сендан сўрарларعَنِhaqidaҳақидаٱلْيَتَـٰمَىٰ ۖyetimlarетимларقُلْaytайтإِصْلَاحٌۭisloh qilishислоҳ қилишلَّهُمْulargaуларгаخَيْرٌۭ ۖyaxshidirяхшидирوَإِنva agarва агарتُخَالِطُوهُمْularga aralashsangizуларга аралашсангизفَإِخْوَٰنُكُمْ ۚbas, birodarlaringizбас, биродарларингизوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَعْلَمُbiladiбиладиٱلْمُفْسِدَbuzgʻunchiniбузғунчиниمِنَ-dan-данٱلْمُصْلِحِ ۚislohchiислоҳчиوَلَوْva agarва агарشَآءَxohlagandaхоҳлагандаٱللَّهُAllohАллоҳلَأَعْنَتَكُمْ ۚsizni qiyinchilikka solardiсизни қийинчиликка солардиإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَزِيزٌazizазизحَكِيمٌۭhikmatli zotdirҳикматли зотдир
TafsirТафсир

Demak, bu oyatlarni bayon qilib berishdan Allohning maqsadi– bandalar bu dunyo va oxirat haqida tafakkur qilishlari uchun ekan. Insonning hayoti ham bu dunyoga, ham oxiratga tegishli boʻlgandan keyin ikkisi haqida tafakkur qilishi zarur. Faqat bu dunyoni oʻylashning oʻzi kifoya emas, bunda inson hayoti haqida toʻgʻri tasavvur paydo boʻlmaydi. Musulmon inson oʻzining barcha ishlarida, xususan, mol-dunyo nafaqa qilish bobida ham bu dunyo, ham u dunyo haqida tafakkur qiladi.

Oyatning davomida yana ijtimoiy, insoniy aloqalar va mol- dunyo sarfi haqida soʻz ketadi. Masalan, boquvchisiz qolgan yetim bolalar jamiyatda alohida eʼtiborga sazovor aʼzolardir, endigi savol ana oʻshalar haqida boʻlmoqda.

«Sendan yetimlar haqida soʻrarlar», deyapti Alloh taolo. Va javobdan maʼlum boʻladiki, savol yetimlarga boʻladigan muomala, ularning meros olgan mollariga qanday munosabatda boʻlish haqida ekan. Chunki oyatda:

«Ularga isloh qilish yaxshidir, deb ayt», deyilyapti.

Yetimlarga isloh (yaxshilik) qilishda xayri baraka bor. Yetimlarga yaxshi qarash har bir jamiyatdagi ijtimoiy tenglikning muhim omillaridan biridir. Shuning uchun ham, Islomda bu masalaga alohida eʼtibor berilgan.

Qurʼoni Karimda ushbu masala boʻyicha bir qancha oyatlar kelgan, jumladan, «Anʼom» surasida: «Yetimlarning moliga yaqin kelmang...»; «Niso» surasida: «Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeyuvchilar qorinlariga olovdan boshqani yemaydilar va tezda doʻzaxga kiradilar». Va hokazo.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytishlaricha, bu ikki oyat tushirilgandan keyin yetimlarni oʻz kafolatiga olgan kishilar, yetimlarning haqqini yeb qoʻymaylik deb, ularning ovqatlarini ham, ichimliklarini ham alohida qilib qoʻyishgan ekan. Hatto yetimdan biror ovqat ortib qolsa, oʻzi yemasa, buzilib ketsa ham, birov yemaydigan boʻlibdi. Bunday qiyin holni Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga zikr qilishganida, Alloh taolo: «Sendan yetimlar haqida soʻraydilar», oyatini nozil qilgan ekan.

Bu oyatda yetimning molini uning tarbiyasini zimmasiga olgan odam oʻz moliga aralashtirib yuborishiga ruxsat berilmoqda:

«Agar ularning (mollarini) aralashtirib yuborsangiz, bas, birodarlaringiz».

Yaʼni, yetimlarning mollarini oʻz molingizga aralashtirib yuborsangiz boʻlaveradi, chunki ular ham sizlarning birodaringiz. Sizlar ularga rahim-shafqat qilib oʻz tarbiyangizga oldingiz. Endi ularning molini yeb qoʻyib, azobga duchor boʻlmaylik, deb oʻzingizni mashaqqatga solishning hojati yoʻq. Sizda ularning molini yeyish niyati boʻlmasa, bas.

«Alloh buzgʻunchini ham, islohchini ham biladi.»

Yetimlarning molini yeb buzgʻunchilik qilganlarni Oʻzi bilib jazolaydi. Ularning molini oʻz moliga aralashtirsa ham, yemay taqvo qilganlarni esa, mukofotlaydi.

Tushuntirish uchun aytish kerakki, yetim–otasidan ayrilgan, balogʻat yoshiga yetmagan yosh oʻgʻil-qizlardir. Bu oyatda gap oʻsha yetimning otasidan yoki boshqa qarindoshlaridan meros qolgan moli, boshqa kishilardan hadya, sadaqa yoki boshqa maqsadda berilgan mollar haqida ketyapti. Oʻsha mollarni yetimga qarab turishni oʻz zimmasiga olgan odam oʻz moliga, yeb yubormaslik sharti bilan, aralashtirib yuborishiga yengillik yaratish maqsadida ruxsat berilyapti. Bu ham Allohning mehribonchiligi, aks holda

«Agar xohlasa, Alloh sizlarni qiyinchilikka solar edi». Bunday ruxsatni bermasa, yetimning molidan xavotirda qiynalib yuraverar edingiz.

«Alloh shundoq qilib sizga Oʻz oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz.»

Ha, darhaqiqat Alloh aziz, gʻolib, nima qilsa, qoʻlidan keladi. Bandalarini qiyinchilikka solishga, amriga xilof qilsalar, iqob qilishga qodir. U–hikmat egasi, bandalariga behikmat amr qilmaydi.

Islomga toʻligʻicha kirish jarayonidan maqsad–namunali, fozil jamiyat qurishdir. Bunday yuqori saviyali jamiyat esa, yuqori saviyali, mustahkam oilalarsiz qurilmaydi. Shuning uchun, Islomda oilaga alohida va katta eʼtibor beriladi. Oilani pok asosda qurib, pok asosda sobit boʻlish masalasi Qurʼoni Karimning koʻpgina suralarida turli tomonlardan muolaja qilinadi. Ushbu oʻrinda Islomga toʻligʻicha kirish haqida soʻz borarkan, buning muhim omillaridan boʻlmish oila va unga tegishli masalalarda bir necha oyatlar kelgan: