QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят227

وَإِنْ عَزَمُوا۟ ٱلطَّلَـٰقَ فَإِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar taloqni qasd qilsalar, bas, albatta, Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.Ва агар талоқни қасд қилсалар, бас, албатта, Аллоҳ эшитувчи, билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Va agar taloq qilishni qasd qilgan boʻlsalar, bas, albatta Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.Ва агар талоқ қилишни қасд қилган бўлсалар, бас, албатта Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир.

36-sahifa · 2-juz · 4-hizb36-саҳифа · 2-жуз · 4-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنْva agarва агарعَزَمُوا۟qasd qilsalarқасд қилсаларٱلطَّلَـٰقَtaloqniталоқниفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳسَمِيعٌeshituvchiэшитувчиعَلِيمٌۭbiluvchiбилувчи
TafsirТафсир

Iylaa–er kishining oʻz xotiniga yaqinlik qilmaslikka qasam ichishidir. Islomdan avvalgi johiliyat davrida odamlar xotinidan achchigʻi chiqsa yoki uni jazolamoqchi boʻlsa, iylaa qilib, unga jinsiy yaqinlik qilmaslikka qasam ichib qoʻyar ekan. Shu bilan bir- ikki yil yoki undan ham koʻproq beparvo yuraverar ekan. Ayol bechora azobda qolar ekan. Xotin boʻlib, xotin emas yoki boshi ochiq ham emas. Bu ish, albatta, ayol uchun ruhiy, maʼnaviy va asabiy tarafdan azobdir. Uning ayollik hurmatini oyoqosti qilish, er-xotinlik hayotini buzish, oilani parchalashdan iboratdir.

Shu bilan birga, bunda baʼzi bir notoʻgʻri holatlarni toʻgʻrilashga, har kim oʻzini-oʻzi sinab olishiga fursat ham bor. Shuning uchun ham, Islomda iylaani butunlay bekor qilmasdan, balki maʼlum doirada chegaralab qoʻyilgan. Bunda ham erkakning, ham ayolning haq-huquqlari eʼtiborga olingan:

«Xotinlaridan iylaa qilganlar uchun kutish toʻrt oydir».

Shu bilan erkaklarning qasam tufayli ayoliga yaqinlik qilmay yurishining eng uzun muddati chegaralandi. Bu muddat–toʻrt oydir. Kezi kelganda aytib oʻtish kerakki, qasam ichmasdan, bosh-qa uzrli sabablarga koʻra yaqinlik sodir boʻlmasa, bu hukmga kirmaydi.

Iylaaning uzoq vaqti aynan toʻrt oy boʻlishining hikmati shuki, ayol kishi ersiz shu muddatga sabr qila oladi. Bundan oʻtib ketsa, chiday olmaslik ehtimoli bor.

Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifalik vaqtlarida kechasi birovga bildirmasdan aylanib, odamlarning hollaridan xabar olib yurib, bir hovlida ayol kishining hijron haqida bayt aytganini eshitib qolibdilar. Surishtirsalar, u a±lning eri Islom lashkarlari bilan jihodga ketgan ekan. Soʻngra, hazrati Umar odam yuborib, qizlari Hafsa onamizdan:

«Ayol kishi ersiz qancha sabr qiladi?»–deb soʻrabdilar. U kishi:

«Toʻrt oy»–deb javob beribdilar. Buni bilgandan keyin Hazrati Umar hech kimni askarlikda toʻrt oydan koʻp ushlab turmaslikka farmon berganlar.

Toʻrt oy ichida er ham oʻylaydiganini oʻylab, bir qarorga kelib olgan boʻladi. Keyin bu masalani bir yoqlik qilsa boʻladi.

«Agar qaytsalar, bas, albatta, Alloh magʻfiratli, rahimli Zotdir».

Yaʼni, erlar xotinlariga qaytib, oilaviy hayotlarini davom ettirib ketsalar, Alloh magʻfiratli Zot, oldingi oʻtgan xatolarni kechiradi va rahimli zot, rahim qilib qaytishiga ruxsat beradi.

«Va agar taloqni qasd qilsalar, bas, albatta, Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir».

Yaʼni, toʻrt oy oʻtgandan keyin agar qaytishni emas, taloqni iroda qilsalar, Alloh eshitib, bilib turibdi, «iylaa»si taloqqa aylanadi. Abu Hanifa rahmatullohi alayhi mazhablari boʻyicha, toʻrt oy oʻtishi bilan rajʼiy taloq tushadi. Erning taloq qilishi shart emas.

Endi taloq va unga tegishli narsalar hukmini bayon qiluvchi oyatlar keladi: